III. Amaliy mashg‘ulotlarni bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulot bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlatlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiya qo’llanishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi.
1-mavzu: Matematika faniga kirish. Matematikaning maktabgacha ta’lim sohalarida qo’llanishi.To’plam tushunchasi. Qismto’plam, universal to’plam. To’plamlar ustida amallar.
2-mavzu: Mulohazalar va mulohazaviy formalar. Asosiy mantiqiy operatsiyalarning qo’llanishi. Predikatlar. Predikatlar ustida maktabgacha ta’lim sohalariga doir amallar bajarish.
3-mavzu: Natural sonlar. Natural sonlar to’plamining xossalari. Amallarni bajarishga doir misollar.
4-mavzu: Mental arifmetika tushunchasi. Tezkor hisoblash usullari.
5-mavzu: Bo’linishlar nazariyasining maktabgacha ta’lim sohalarda qo’llanishi.
6-mavzu: Kombinatorika masalalari tushunchasi. Yig’indi va ko’paytma tushunchasi. Yig’ndi va ko’paytmasi tushunchasi. Birikmaning asosiy ko’rinishi (o’rilashtirish, o’rinalmashtirish, birlashma) va uning xossalari.
7-mavzu: Sodda ehtimol tushunchasi. Ehtimolning klassik va geometrik ta’riflari. Tasodifiy hodisalar.
8-mavzu: Butun sonlar to’plami, ular ustida amallar. Kasr tushunchasi va ratsional sonlar.
9-mavzu: Maktab geometriyasi kursining aksiomatik qurilishi. Tekislikdagi geometrik figuralar, ularning xossalari, belgilari, rasmlari. Lineykalar (chizg’ich) va sirkul yordamida yasashga doir asosiy masalalar.
10-mavzu: Matnli masalar. Matnli masalarni yechish usullari. Masala yechish turlari: yoshga doir, harakatga doir, qismlarga ajratish, ishga doir va h.k.
11-mavzu: Rebuslar va ularning qo’llanishi.
12-mavzu: Iqtisodiy (foizga) doir matnli masalalarni yechish.
13-mavzu: Nostandart masalalar. Fanga doir qiziqarli matematik masalarni yechish.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
- tabaqalashtirilgan yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish;
- mustaqil ta’lim uchun muljallangan mavzularni o’zlashtirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Maktabgacha ta’lim sohasida to’plamlar nazariyasining qo’llanishi.
Maktabgacha ta’lim sohasida masalalarni birinchi tartibli tenglamalar tuzib yechish.
Maktabgacha ta’lim sohasida sodda geometrik shakllarning yuzasi va hajmini topishga doir masalalar.