O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
matematika
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 - Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110200 – Maktabgacha ta‘lim
5112200 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy
til (ingliz tili)
60111900 – Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda
jismoniy tarbiya va sport
Chirchiq-2021
Fan/Modul kodi
Math1135
|
O‘quv yili
2021-2022
|
Semestr
1
|
ECTS-Kreditlar
5
|
Fan/Modul turi
Majburiy
|
Ta’lim turi
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Matematika
|
52
|
78
|
130
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarni matematikaning zaruriy ma’lumotlari majmuasi (tushunchalar, tasdiqlar va ularning isboti, amaliy masalalarni yechish usullari va boshqalar) bilan tanishtirish hamda matematika yo’nalishlarining uzviy bog’liqliklarini o’rganishdan iboratdir.
Fanning asosiy vazifasi - talabalarda mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, matematik taffakkurni shakllantirish va rivojlantirish, o’zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o’rgatish hamda egallagan bilimlar bo’yicha, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Matematika faniga kirish. Matematikaning maktabgacha ta’lim sohalarida qo’llanishi.To’plam tushunchasi.Qismto’plam, universal to’plam. To’plamlar ustida amallar.
2-mavzu: Mulohazalar va mulohazaviy formalar. Asosiy mantiqiy operatsiyalarning qo’llanishi.Predikatlar. Predikatlar ustida maktabgacha ta’lim sohalariga doir amallar bajarish.
3-mavzu: Natural sonlar. Natural sonlar to’plamining xossalari. Amallarni bajarishga doir misollar.
4-mavzu: Mental arifmetika tushunchasi. Tezkor hisoblash usullari.
5-mavzu: Bo’linishlar nazariyasining maktabgacha ta’lim sohalarda qo’llanishi.
6-mavzu: Kombinatorika masalalari tushunchasi. Yig’indi va ko’paytma tushunchasi. Yig’ndi va ko’paytmasi tushunchasi. Birikmaning asosiy ko’rinishi (o’rilashtirish, o’rinalmashtirish, birlashma) va uning xossalari.
7-mavzu: Sodda ehtimol tushunchasi. Ehtimolning klassik va geometrik ta’riflari. Tasodifiy hodisalar.
8-mavzu: Butun sonlar to’plami, ular ustida amallar. Kasr tushunchasi va ratsional sonlar.
9-mavzu: Maktab geometriyasi kursining aksiomatik qurilishi. Tekislikdagi geometrik figuralar, ularning xossalari, belgilari, rasmlari. Lineykalar (chizg’ich) va sirkul yordamida yasashga doir asosiy masalalar.
10-mavzu: Matnli masalar. Matnli masalarni yechish usullari. Masala yechish turlari: yoshga doir, harakatga doir, qismlarga ajratish, ishga doir va h.k.
11-mavzu: Rebuslar va ularning qo’llanishi.
12-mavzu: Iqtisodiy (foizga) doir matnli masalalarni yechish.
13-mavzu: Nostandart masalalar. Fanga doir qiziqarli matematik masalarni yechish.
|
Dostları ilə paylaş: |