367
boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka
etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi.
Asosiy podani shakllantirishga sarflangan kapital xarajatlarni hisobga olish
quyidagi ikkita usul bilan amalga oshiriladi:
o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish opqali;
ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish opqali.
Ish kuchi sifatida foydalaniladigan mollar - otlar, ho‘kizlar, tuyalar, eshaklar
va boshqa ish hayvonlari (shu jumladan aravada yuk tashishlarda foydalaniladigan
hayvonlar), shuningdek mahsulot beradigan mollar (yosh mollar, sut, jun va
hokazo) - sigiplar, qo‘toslar, nasldor biyalar (ish kuchi hisoblanmaydi), sovliqlar
va boshqa mollar buxgalteriya hisobida qishloq xo‘jaligi
tashkilotining asosiy
podadagi hayvonlari hisoblanadi. Asosiy podadagi hayvonlar asosiy vositalar
tarkibida ish hayvonlari va mahsuldor mollar sifatida hisobga olinadi.
Balans qiymatini e’tirof etish payti, baholash va ularga nisbatan
qo‘llaniladigan amortizatsiyani
hisoblash usullarini aniqlash, shuningdek
hayvonlarning asosiy podadan ish hayvonlari va mahsuldor mollar tarzida chiqib
ketishidan balans qiymati o‘zgarishlari va moliyaviy natijalarni belgilash hamda
hisobga olish “Asosiy vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son
BHMS)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha
baholanadi. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning
barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar”
schyotidan
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining debetiga yil boshida hisobda
turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish
vaqtigacha bo‘lgan davpda ortgan vazni yoki o‘sgan vaznining peja tannarxini
qo‘shgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida, yosh hayvonlarni asosiy
podaga o‘tkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyoti debetlanadi va
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyoti kpeditlanadi.
Yil oxirida hisobot
kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning
368
ko‘rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o‘ptasidagi farq 1110
“O‘stirishdagi hayvonlar” schyotidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish”
schyotiga, bir vaqtning o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170
“Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotlariga hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning
qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotining
debetiga uni etkazib
berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim
qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotidan 0170 “Ishchi va mahsuldor
hayvonlar” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
Keltirilgan jadvalga asoslanib, qishloq xo‘jaligida asosiy podani
shakllantirishga sarflangan xarajatlarni to‘g‘ri hisobga
olish va ularni tannarx
aniqlash jarayoni ahamiyatini yopitish mumkin.
Katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarni sotib olish kirim
dalolatnomasi yoki schyot-faktura bilan rasmiylashtiriladi. Unda hayvonlarni sotib
olish va keltirish xarajatlari asosida haqiqiy tannarxi ko‘rsatiladi.
53-jadval
Dostları ilə paylaş: