36
jarayonida ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘g‘ri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy
qarorlariga ta’sir etsa, u jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning
mohiyati ham, shuningdek uning qimmati (jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi
mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari
harakati to‘g‘risida haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash
maqsadida axborot yyetarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak.
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi,
deb hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy
ahvolidagi o‘zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning
moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
O‘z vaqtida taqdim etish
–
hisobot axborotining asossiz darajada
kechiktirilishi bilan u o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z
vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari
ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi mumkin, bu esa uning
ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar ma’lum
bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga
katta foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur
bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish
maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning ehtiyojlarini
qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish kerak.
Dostları ilə paylaş: