O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
A.A. KARIMOV, 
J.E. KURBANBAYEV, 
S.A. JUMANAZAROV 
 
 
BUXGALTERIYA HISOBI
 
D A R S L I K 
 
1-QISM
TOSHKENT 2020 



 
Taqrizchilar: 
O‘BMA, i.f.d., prof.
A.K. Ibragimov; 
TMI, i.f.n., dots.
A.Z. Avloqulov.
 
Buxgalteriya hisobi 1-qism:
Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev
S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. b. 
 
 
 
Ushbu darslik ta’lim standarti, malaka talablari, buxgalteriya hisobi fani 
o‘quv dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib, 5230900–“Buxgalteriya hisobi va audit” 
hamda boshqa nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan 
talabalar uchun mo‘ljallangan. 
Mazkur darslik foydalanuvchilar uchun “Buxgalteriya hisobi” fanidan asosiy 
o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa 
iqtisodiyot 
yonalishida 
tahsil 
olayotgan 
talabalar, 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan 
tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. 
©“IQTISOD-MOLIYA”, 2020



Ilm va izlanish bo’lmagan joyda hech 
qanday rivojlanish, yuksalish va, 
umuman, biror-bir sohaning kelajagi 
bo’lmaydi 
Sh.Mirziyoyev 
KIRISH 
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi 
borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro 
standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish 
borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan 
foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari 
chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya 
bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim 
mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini 
jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. 
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga 
etkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida 
belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon 
talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va 
amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu 
sharoitda buxgalteriya hisobining ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli 
foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot 
subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi. 
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan 
biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va 
takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-
amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida 
bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra 



buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan 
maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz 
maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-
amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya 
hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda 
tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda 
professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga 
intilayotgan, qiziquvchan hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga 
javob bera oladigan darslik yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta’limning 
iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat, magistratura talabalari, tegishli ixtisoslik 
kollejlari o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin