12
boshqarish, xarajatlarning me’yordan chetga chiqishini tahlil etish va boshqalarni
qamrab oladi. Boshqaruv hisobi ma’lumotlarida ma’lumotlarni tez olish, o‘qish va
ulardan foydalanib, operativ boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati bo‘lishi
kerak.
Moliyaviy hisob
shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadiki, ushbu
ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilishda foydalaniladi, balki
tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlar taqdim qilinadi.
Moliyaviy
hisob axborotlarni umumlashtirish va sintez qilishga yo‘naltirilgan. U ba’zi bir
davr uchun korxona foydasini tezkor aniqlashga, korxonaning aktivlari va
passivlarini hisobot balansi shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va
moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliqlar hisobi
korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig‘imlarni
o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularni o‘z
vaqtida byudjetga o‘tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi
buxgalteriya hisobi
turidir. Soliq hisobi o‘z usullari yordamida soliq va yig‘imlar, ularning obyekti,
subyektlari va soliqqa tortish bazasini, to‘lash muddatlarini aniqlab beradi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha tegishli
tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, mas’ul
shaxslar
tomonidan imzolangan va tasdiqlangan xujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning
predmeti va metodlari shakllangan bo‘lib, xo‘jalik faoliyati davomida qonunda
belgilangan moddalar bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi.
Buxgalteriya
hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Hisobni to‘g‘ri tashkil qilish va korxonani samarali boshqarish uchun
ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:
1. Hisob va reja ko‘rsatkichlarining birligi. Bu talab korxonada reja
ko‘rsatkichlarini hisob ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash va reja ko‘rsatkichlarining
13
bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni ta’minlaydi. Reja va hisob
ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar
rejasini tuzish uchun hisob ko‘rsatkichlari yordamida o‘tgan davrda qanday
natijalarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to‘g‘riligi. Barcha hisob ma’lumotlari
aniq va
to‘g‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv bo‘lishi lozim. Hisob
ma’lumotlari faqat yutuqlarni emas, balki kamchiliklarni ham oshkora aks ettirishi
lozim.
3.
Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra, hisob
ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak,
bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana
olish imkoniyatini beradi.
4.
Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini uzluksiz
takomillashtirish
va soddalashtirish, hisob olib borishning zamonaviy va arzon
usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini kamaytirish yo‘li bilan erishish
mumkin.
5.
Hisobning to‘liqligi va o‘z vaktida bajarilishi. Hisob xo‘jalik jarayonining
hamma tomonini egallashi va u to‘g‘rida to‘liq ma’lumot berishi lozim. Sodir
bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida berilishi
lozim. O‘z vaqtida va to‘liq olib borilgan hisob
yordamidagina korxonaning
xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal
o‘rganish, sodir bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish
imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: