7
4-davr.
Nazariy-amaliy davr (ushbu davr 1850-1900 yillar oralig‘ini
egallaydi). Bu davrga kelib xo‘jalik jaryonlariga huquqiy maqom shakllandi.
Natijada jaryonga ham iqtisodiy jihatdan, ham huquqiy jihatdan yondashuvlar
belgilandi. Schyotlar rejasining differentsiyasi boshlandi, shakllariga ahamiyat
qaratildi, balans, foyda, tannarx, ishlab chiqarish
va muomala xarajatlari
tushunchalari shakllandi. Buxgalteriya hisobi butun reallikni baholashni qamrab
oldi. Buxgalteriya hisobi butun jarayonni suratga oladigan, rengenometriya
qiladigan elementga aylandi.
Yunon sivilizatsiyasi davrida Evropada kompleks davlat boshqaruvi tizimi
ruhoniylar tomonidan amalga oshirilgan.
3
Verner
Sombart siyosiy iqtisodchi, 1863 yilda tug‘ilgan va 1941 yilda
Germaniyada vafot etgan. U Berlin, Rim, Piza universitetlarida huquq, iqtisod,
tarix va falsafa fanlaridan o‘qib, oxir-oqibat Berlinda iqtisodiyot professori
bo‘lgan. Uning asosiy ishi “Zamonaviy Kapitalismus” XX asr kapitalizmini o‘zida
aks ettirgan. Sombart o‘sha davr buxgalteriya
yozuvlarini tahlil qilib, uni uch
tasodifiy omilni o‘rganib kapitalistik korxona o‘sishi uchun muhim deb
hisoblagan:
1. Qonun.
2. Biznes boshqarish usullari.
3. Bozor.
Qonun kompaniya uchun asos beradi, yuridik shaxs sifatida kapitalistik
korxona, va bozor moliyaviy shaxs bo‘lishga vositalar taqdim etadi. Ish boshqaruvi
texnikasi hisobiga asosan Sombart oldinga buxgalteriya haqida to‘rt
tushuntirishlarni qo‘ydi:
1. Biznes bo‘ylab kapitalining oqimini taqdim etish. Kapital hisobidan foyda
yoki zarar hisobiga o‘tkazish va yana qaytib
kapital hisobiga boylikni
shakllantirish. Bu orqali buxgalteriyada “boylik” nazariyasi yaratiladi.
2. Tadbirkorlar uchun cheklovlarni mavjudligi. Buxgalteriya hisobi,
3
Accounting Theory. Paper-8 M. Com. (Final) Directorate of Distance Education Maharshi Dayanand University,
2004. 23-26 b.
8
iqtisodiy ratsionalizm rivojiga hissa qo‘shgan.
3. Buxgalteriya hisobi ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish tizimli biznesni
amalga oshirishni kafolatlaydi.
4. Buxgalteriyadan boshqaruv hisobini farqli jihatlarini anglab olish va
kapitalni shaxsiy mulk sifatida qaramaslik va qoidalar asosida buxgalteriya
yozuvlarini to‘g‘ri aks ettirish. Bu yozuv 1500-1750 yilda Angliyada yuritilgan va
ikkiyoqlama yozuv deb yuritilgan. Bunday yozuv orqali buxgalteriyada
uchraydigan tartibsizliklar, noo‘rin chiqib ketishlar nazorat ostiga olingan.
5-davr.
Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi). Bu
davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish
xarajatlariga va mahsulot
tannarxini to‘g‘ri aniqlash, xarajatlarning jadalligi bilan ajralib turadi.
Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va
to‘liq tannarxini aniqlash, smeta qiymati tushunchasi, direkt kost,
standart kost
usullari, to‘g‘ri va egri xarajatlar ushbu davrning eng muammoli masalasiga
aylangan. Boshqaruvning har bitta funktsiyasini ajratish, soliqqa tortish
masalalarida buxgalteriya hisobini o‘ta va aniq tizimi yaratildi. Buxgalteriya
hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u berildi.
Boshqaruv va moliyaviy
hisobning tarkiblanishiga o‘tish davri boshlandi.
6-davr.
Hozirgi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950 yildan hozirgi kunga
qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlarning qabul qilinishi bilan
xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos
revolyutsiya davri bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari,
jamoat, davlat manfaatlar bo‘yicha o‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: