17
predmeti
-
takror ishlab chiqarish
jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar
holati va ulardan unumli
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi o‘zining predmeti xususiyatlariga mos o‘rganish
usullaridan foydalanadiki, bular ma’lum kuzatish natijalarini pul ko‘rsatkichida
ifodalash, qayd qilish hamda uni zarur yozuvlar
yordamida tartibga solish, uning
natijalarini aniqlashdan iboratdir. Har bir fanda bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi
fanida ham uning predmetini o‘rganish usullari mavjud.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq
hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Yuqoridagi
fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining
asosiy
vazifalari deb quyidagilarni belgilash mumkin:
–
korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik
faoliyatida sodir
bo‘ladigan jarayonlarni kuzatib borish;
–
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda
ifodalash;
–
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan
jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
–
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik
faoliyati ustidan uzluksiz
nazorat olib borish va unga ta’sir etish;
–
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq
hamda aniq
ma’lumotlarni shakllantirish;
–
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
–
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni
va operatsiyalarini o‘z vaqtida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda
buxgalteriya hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
18
Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya
hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
1-jadval
Dostları ilə paylaş: