290
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
hisobvarag‘ida korxona xodimlariga kreditga
berilgan tovarlar yuzasidan
hisoblashishlar hisobga olinadi.
Kreditga tovarlar sotib olgan shaxslar ishlovchi korxona bank krediti
hisobiga uning ishchilariga berilgan kredit summalarini
savdo korxonalariga
to‘laligicha o‘tkazadilar.
Kreditga tovar sotib olgan xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olinsa,
quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
Kredit 6710, 7810
Korxona xodimlardan kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha
haqlarni ish
haqidan ushlab qoladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar”
Kredit 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
So‘ngra ushlab krlingan summalar bank kreditini so‘ndirish uchun
yo‘naltiriladi:
Debet 6810, 7810
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
4720-“Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” hisobvarag‘ida
korxona ishchilariga berilgan qarzlariga oid hisoblashishlar aks ettiriladi, Masalan,
uy-joy qurilishiga, dala xovlilarni harid qilish yoki qurish uchun va hakazo.
Xodimlarga ushbu maqsadlar uchun qarz berilganida quyidagicha provodka
beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Kredit 5110 “Hisob-kitob schyoti”
Agar mablag‘lar korxonaga berilgan kredit
hisobiga bevosita bank
tomonidan xodimga berilsa, u holda quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4720 “Berilgan qarzlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
291
Kredit 6810 “Qisqa muddatli kreditlar”
Kredit 7810 “Uzoq muddatli kreditlar”
Qarzdor xodimlardan to‘lovlar kabul qilishganda quyidagicha yozuv
qilinadi:
Debet 5010, 5110, 6710
Kredit 4720 “Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi”
Bank kreditlarini so‘ndirish paytida:
Debet 6810, 7810
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Korxona tomonidan savdo tashkilotidan 600 ming so‘m summaga topshiriq-
majburiyat olindi. Topshiriq-majburiyatga ko‘ra korxona to‘rt
kalendar oyi
mobaynida har oyda savdo tashkiloti foydasiga A.samadovdan 150 ming so‘m
ushlab qolishi kerak.
1-variant. Korxona xodimning ish haqidan ushlab qolingan summalarni
bevosita savdo tashkilotiga o‘tkazadi:
30-jadval
Dostları ilə paylaş: