O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
A.A. KARIMOV,
J.E. KURBANBAYEV,
S.A. JUMANAZAROV
BUXGALTERIYA HISOBI
D A R S L I K
1-QISM
TOSHKENT 2020
2
Taqrizchilar:
O‘BMA, i.f.d., prof.
A.K. Ibragimov;
TMI, i.f.n., dots.
A.Z. Avloqulov.
Buxgalteriya hisobi 1-qism:
Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev,
S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. b.
Ushbu darslik ta’lim standarti, malaka talablari, buxgalteriya hisobi fani
o‘quv dasturiga asosan tuzilgan bo‘lib, 5230900–“Buxgalteriya hisobi va audit”
hamda boshqa nomutaxassis ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan
talabalar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur darslik foydalanuvchilar uchun “Buxgalteriya hisobi” fanidan asosiy
o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa
iqtisodiyot
yonalishida
tahsil
olayotgan
talabalar,
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan
tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
©“IQTISOD-MOLIYA”, 2020
3
Ilm va izlanish bo’lmagan joyda hech
qanday rivojlanish, yuksalish va,
umuman, biror-bir sohaning kelajagi
bo’lmaydi
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi
borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Keyingi yillar mobaynida halqaro
standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish
borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan
foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari
chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya
bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim
mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini
jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga
etkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida
belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon
talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik
yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va
amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu
sharoitda buxgalteriya hisobining ahamiyati katta bo‘lib, undan yanada unumli
foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot
subyektlarining aytib o‘tilgan talablarning bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi.
Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan
biri hisoblanadi. Tarixiy ma’limotlarga ko‘ra buxgalteriya hisobini tashkil qilish va
takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat: italyan, fransuz, nemis va angliya-
amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida
bu maktablarning qarashlari bir-biriga o'xshamaydi. Ularning ta’limotlariga ko‘ra
4
buxgalteriya hisobi fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan
maktabi vakillari buxgalteriya hisobi fanining asosini algebra va huquq, fransuz
maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya-
amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli buxgalteriya
hisobi fanining vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda
tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu boradagi ulkan islohotlar kelajakda
professional buxgalter, auditor va boshqa iqtisodiy kasblarni egallashga
intilayotgan, qiziquvchan hamda zukko talabalar uchun zamonaviy talablarga
javob bera oladigan darslik yaratish lozim. Ushbu darslik oliy ta’limning
iqtisodiyot yo‘nalishidagi bakalavriat, magistratura talabalari, tegishli ixtisoslik
kollejlari o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |