8
iqtisodiy ratsionalizm rivojiga hissa qo‘shgan.
3. Buxgalteriya hisobi ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish tizimli biznesni
amalga oshirishni kafolatlaydi.
4. Buxgalteriyadan boshqaruv hisobini farqli jihatlarini anglab olish va
kapitalni shaxsiy mulk sifatida qaramaslik va qoidalar asosida buxgalteriya
yozuvlarini to‘g‘ri aks ettirish. Bu yozuv 1500-1750 yilda Angliyada yuritilgan va
ikkiyoqlama yozuv deb yuritilgan. Bunday yozuv orqali buxgalteriyada
uchraydigan tartibsizliklar, noo‘rin chiqib ketishlar nazorat ostiga olingan.
5-davr.
Ilmiy davr. (Ushbu davr 1900 – 1950 yillarni o‘z ichiga oladi). Bu
davrda asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulot
tannarxini to‘g‘ri aniqlash, xarajatlarning jadalligi bilan ajralib turadi.
Kalkulyatsiyalash tartibi ham ushbu davrga xos. Mahsulotning ishlab chiqarish va
to‘liq tannarxini aniqlash, smeta qiymati tushunchasi, direkt kost, standart kost
usullari, to‘g‘ri va egri xarajatlar ushbu davrning eng muammoli masalasiga
aylangan. Boshqaruvning har bitta funktsiyasini ajratish, soliqqa tortish
masalalarida buxgalteriya hisobini o‘ta va aniq tizimi yaratildi. Buxgalteriya
hisobini ishlab chiqarish hisobiga alohida urg‘u berildi. Boshqaruv va moliyaviy
hisobning tarkiblanishiga o‘tish davri boshlandi.
6-davr.
Hozirgi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 1950 yildan hozirgi kunga
qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalqaro standartlarning qabul qilinishi bilan
xarakterli bo‘lgan ushbu davr buxgalteriya hisobining rivojlanishida o‘ziga xos
revolyutsiya davri bo‘ldi deyish mumkin. Buxgalteriya hisobi, mulk egalari,
jamoat, davlat manfaatlar bo‘yicha o‘zining aniq javoblariga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: