14
barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan:
natura,
mehnat va pul
o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan
alohida-alohida
foydalanish mumkin.
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki,
ularda bir vaqtda natural
va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan
hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga
ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Natura o‘lchovlari –
hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning
xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi. Natura o‘lchovlarini
qo‘llash hisobga olinayotgan
obyektning xususiyatlari, ya’ni uning fizik va
iste’mol hossasi fark qiladi. Masalan, hisob obyektlari: og‘irlik birligida (gramm,
kilogramm, tsentner, tonna); hajm birligida (metr, kubometr);
uzunlik birligida
(santimetr, metr, kilometr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o‘lchanadi.
Natura o‘lchov birliklari moddiy qiymatliklarni hisoblash,
tortish va
o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlarni hisobga olish,
ularning miqdor hamda
sifat o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarning olinishi istisno qilinadi.
Mehnat o‘lchov birligi –
mahsulotni ishlab chiqarish
yoki sarf qilingan
mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib
minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab
chiqarish me’yorlari,
mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar
nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash
imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin.
Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: