13
bajarilishi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni ta’minlaydi. Reja va hisob
ko‘rsatkichlarini taqqoslashning zarurligi shundaki, korxonaning istiqboldagi ishlar
rejasini tuzish uchun hisob ko‘rsatkichlari yordamida o‘tgan davrda qanday
natijalarga erishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.
2. Hisobning aniqligi va to‘g‘riligi. Barcha hisob ma’lumotlari aniq va
to‘g‘ri bo‘lishi hamda ular ayni vaqtda obyektiv bo‘lishi lozim. Hisob
ma’lumotlari faqat yutuqlarni emas, balki kamchiliklarni ham oshkora aks ettirishi
lozim.
3.
Hisobning oddiyligi va tushunarli bo‘lishi. Bu talabga ko‘ra, hisob
ko‘rsatkichlari oddiy va barcha foydalanuvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak,
bu esa xo‘jalikni boshqarishda har bir xodimga hisob ma’lumotlaridan foydalana
olish imkoniyatini beradi.
4.
Hisobning tejamkorligi. Ushbu talabga ko‘ra, hisob ishlarini uzluksiz
takomillashtirish va soddalashtirish, hisob olib borishning zamonaviy va arzon
usullarini joriy qilishga hisob xodimlari sonini kamaytirish yo‘li bilan erishish
mumkin.
5.
Hisobning to‘liqligi va o‘z vaktida bajarilishi. Hisob xo‘jalik jarayonining
hamma tomonini egallashi va u to‘g‘rida to‘liq ma’lumot berishi lozim. Sodir
bo‘layotgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z vaqtida berilishi
lozim. O‘z vaqtida va to‘liq olib borilgan hisob yordamidagina korxonaning
xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ri rahbarlik qilish, xo‘jalik jarayonini mukammal
o‘rganish, sodir bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish
imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: