O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Xo‘jalik hisobi 
Operativ hisob 
Statistik hisob 
Buxgalteriya hisobi 


10 
qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun 
maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi. 
Tezkor hisobning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ma’lumotni tezda 
yig‘ilishi va yetkazilishidir. Nazoratning tezkorligini ta’minlash uchun xo‘jalik 
operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo‘ladi. Shuning 
uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo‘l bilan qayd qilinishi 
mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan telefon, faks, telegraf, og‘zaki yoki 
hujjatlar orqali yetkaziladi.
Tezkor hisobning ma’lumotlaridan mutloq aniqlik talab etilmaydi, chunki 
ularning asosiy vazifasi – kuzatilayotgan obyektlarda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda tezkor 
hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Tezkor axborot 
yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo‘yicha topshiriqni bajarilishining 
borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot realizatsiyasi bo‘yicha topshiriqlarning 
bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati hamda borishi 
haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi. 
Statistik hisob. 
Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–
iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu 
turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini 
o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir 
iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin