O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Xo‘jalik mablag‘lari tarkibi tasnifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

 Xo‘jalik mablag‘lari tarkibi tasnifi
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxona xo‘jalik 
faoliyatining xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi 
navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun korxonaning mablag‘i 
bo‘lishi kerak. Undan tashqari u muomala jarayonining ikki - ta’minot va 
realizatsiya bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak. Odatda 
korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish 
sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. Shunday qilib, korxona mablag‘lari 
o‘zlarining turlari va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: ishlab 
chiqarish vositalari; muomala sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi 


24 
mablag‘lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat. 
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini 
o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish 
qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar) yetakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab 
chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarini tashqi ko‘rinishini 
o‘zgartiradilar, ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. 
Mehnat vositalariga shuningdek, imoratlar, inshootlar, transport vositalari va 
xo‘jalik inventarlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish jarayonini normal amalga 
oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. 
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni 
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab 
chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari 
va xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat 
vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va 
xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida) 
o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatini kamayishiga olib keladi. 
Quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar 
tarkibiga kiritiladi: 
a) xizmat muddati 1 yildan oshiq; 
b) bitta birligi (komplekti)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida 
belgilangan eng kam ish haqining 50 barobaridan oshiq bo‘lgan (sotib olish 
vaqtida) aktivlar. 
Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirsh, binolar, inshootlar, uzatish 
moslamalari, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi 
transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va hokazo shunga o‘xshashlar 
kiradi.
Asosiy vositalarni hisobga olish uslublari №5-«Asosiy vositalar» nomli 
BHMSda keltirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 20 yanvar 


25 
2004 yil 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli 
investitsiyalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va uzoq 
muddatli debitor qarzlari hamda kechiktirilgan xarajatlar kiradi. Bularning 
mazmunini tushunish uchun ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Asosiy vositalar – korxona xo‘jalik faoliyatini yuritishda uzoq davom 
etadigan vaqt mobaynida, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat 
ko‘rsatish yoki ma’muriy va ijtimoiy-madaniy funksiyalarni amalga oshirish 
jarayonida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
№7-«Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq nomoddiy 
aktivlar – moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan, xo‘jalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, 
shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk 
obyektlari. Shuningdek, nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob berganida 
aktiv deb olinadi: aktiv ta’rifini qondiradigan; o‘lchanadigan; ahamiyatga molik 
bo‘lgan; ishonchli bo‘lgan; kelgusida iqtisodiy naf keltiradigan; ajratiladigan, ya’ni 
uni ishlatiladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish mumkin bo‘lgan 
hollarda.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, litsenziyalar, «nou-xou», savdo markalari, 
tovar belgilari, sanoat namunalari, dasturiy ta’minot, gudvill, tashkiliy xarajatlar, 
franshizalar, mualliflik huquqlari, xizmat ko‘rsatish belgilari va boshqalar kiradi.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlanadigan boshlang‘ich materialdan 
iborat. Ularga xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va 
tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va 
yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, 
ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o‘zlarining qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi. 
Xomashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik 


26 
zavodida 
asosiy 
materiallar 
sifatida 
mashinalarning 
ehtiyot 
qismlari 
tayyorlanadigan metalning har xil turlari (po‘lat, cho‘yan va boshqalar) xizmat 
qiladi. Xomashyo deganda hisob amaliyotida asosiy materiallar (ruda, paxta, qand 
lavlagisi va boshqalar) tushuniladi. 
Yordamchi materiallar, asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan 
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. 
Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga 
qo‘shish (biriktirish) yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini kiritish uchun 
(bo‘yoqlar, laklar, yelimlar), yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun - 
binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini 
ta’minlab turish uchun (elektrotexnikaviy materiallar, sovun, qipiq va shu kabilar) 
ishlatiladi. 
Yoqilg‘i, o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir. U 
yordamchi materiallar singari, mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi 
(energetik yoqilg‘i) yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi (texnologik yoqilg‘i), 
mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi (isitish uchun ishlatiladigan 
yoqilg‘i). Hisobda yoqilgi yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga 
ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko‘pchilik qismi singari, yoqilg‘ining 
xususiyati shundan iboratki, u o‘zining natura shaklida yangi mahsulotning 
tarkibiga 
kirmaydi. Lekin sarflangan yoqilg‘ining qiymati, yordamchi 
materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish chiqimlari sifatida butunlay 
shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. 
Yarim tayyor mahsulotlar bu ba’zi bir ishlov bosqichlaridan o‘tgan, lekin 
hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning 
xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi (ma’lum bo‘lim yoki 
ma’lum uchastkadagi) barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tgan bo‘lsalar ham, lekin 
ishlov yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqich (navbatdagti bo‘limga, uchastkaga) 
yo‘naltirishishi kerak bo‘ladi. Masalan, yarim tayyor mahsulotlarga mashinasozlik 
zavodining tayyorlovchi bo‘limi tomonidan ishlab chiqarilgan, lekin shu 


27 
zavodning qayta ishlash bo‘limida ishlanishi davom etadigan detallar kiradi. Bir 
bo‘limda ishlovdan o‘tgandan keyin, yarim tayyor mahsulotlar odatda omborga 
topshiriladi, keyinchalik omborlardan, ularga bo‘lgan ehtiyojga qarab, navbatdagi 
bo‘limga ishlov yoki yig‘ish uchun kelib tushadi. 
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan 
mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga 
o‘xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tashi bilan hali tayyor mahsulotga 
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar 
mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab 
chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim bo‘ladi. 
Muomaladagi mablag‘lar bu muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob - 
kitobdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat. 
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun 
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala 
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovar (tayyor 
mahsulot)ga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala buyumlariga 
qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa 
usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie) 
usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab 
chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki 
hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini 
anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-kitobdagi 
mablag‘larga o‘tadi. 
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan 
har xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga 
tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga 
qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar, 
sovituvchi qurilmalar, tokchalar, hamda shu erda joylashgan xo‘jalik 
inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va hokazolar) kiradi. 


28 
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash 
vositalari kiradi. Bular turar-joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog‘chalari va 
yaslisi, bolalar oromgohi, bolalarning dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va 
sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlari, binolarin, shu binolarda 
(korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalar va inventar hamda ulardan 
foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil qiladigan) materiallar, dori-
darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat 
qilish hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun 
mo‘ljallangan. 
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga ajratib hisobga olinadi: aktiv 
(harakatdagi) kapital va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko‘rsatuvchi passiv 
kapital. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin