32
asosida ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan har xil tashkilot va ayrim
shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar bo‘yicha, ishchi va xizmatchilar
tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan ish haqlari bo‘yicha korxonaning
qarzlaridir.
Ma’lumki, yalpi foyda amalda mahsulot sotishdan sof tushum va ishlab
chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farq sifatida namoyon bo‘ladi. U
markazlashtirilgan davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo‘linadi.
Markazlashtirilgan davlat sof daromadi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va
foydadan ajratmalardan hosil bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
korxona mahsulotining realizatsiyasi jarayonida qat’iy me’yorlar bo‘yicha
undiriladi, foydadan ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat
byudjetiga kiritiladi. Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va
davr harajatlari, moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to‘lash va boshqa
ehtiyojlar harajatlarini qoplash uchun ishlatiladi. Shunday qilib, korxona
tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama yo‘nalishga ega: uning bir qismi
davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa korxona ixtiyorida qoldiriladi.
Buxgalteriya hisobi mazkur korxona va uning xo‘jalik bo‘linmalari ega bo‘lgan
mablag‘lari va ulardan foydalanishning samaradorligi kerakli axborot bilan
ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: