O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

 
 
 


37 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
 
1.
Buxgaletriya hisobining qanday uslublari mavjud? 
2.
Buxgalteriya hisobi nima? 
3.
Buxgalteriya hisobiga qanday talablar qo‘yiladi? 
4.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 
5.
Buxgalteriya hisobining funksiyalari nimalardan iborat? 
6.
Buxgalteriya hisobining maqsadini tushuntiring. 
7.
Buxgalteriya hisobining predmetiga ta’rif bering. 
8.
Buxgalteriya hisobining qanday obyektlari mavjud? 
9.
Buxgalteriya hisobining qanday tamoyillari mavjud? 
10.
Buxgalteriya hisobining vazifalari nimalardan iborat? 


38 
 
 


39 
3-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI 
 
3.1. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi, mazmuni va 
ahamiyati 
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri 
hisoblanadi. Buxgalteriya balansini iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik 
mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini 
ta’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir. 
“Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va 
“lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, 
muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida 
buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan. 
Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha 
summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik 
schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi 
qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga 
tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar 
summalari jamining tengligini ifodalaydi; 
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi 
ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya 
hisobi schyotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning 
oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, 
buxgalteriya hisobi schyotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga etarli 
ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotlarda mablag‘larning joylanishi ularni 
moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo 
ularning qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zaruriyati 


40 
yuqori. 
Korxona va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tegishli faoliyat 
ko‘rsatish jarayonida xom-ashyo bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. 
Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati turlari bo‘yicha hisob-kitob 
qilinadi va hisobot davri oxiriga mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni olish 
imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati 
bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha 
ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida balans tuziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin