O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

Tovar-moddiy zaxiralar
- keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat 
yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, 
shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish 
jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan moddiy aktivlar. 
Bugungi kunda avvalo, tovar-moddiy zaxiralarining tarkibi, holati, harakati, 
miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta baholash 
tartiblariga e'tibor berish lozim. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o‘zida 
mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini – moddiy boyliklardan 
unumli foydalanish, sarflar me'yorini pasaytirish, tovar- moddiy qiymatliklarning 
42
Barry Elliot, Jamie Elliot. Financial accounting and reporting. (ISBN 978-1-292-08057-4) London, 2015. 17 th 
Edition. 101 p


299 
talabga javob beradigan darajadagi saqlash, qo‘riqlash, shuningdek tovar-moddiy 
zaxiralar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va boshqalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni 
umumlashtirishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobiga qo‘yiladigan asosiy 
talablar: 

tashkilot bo‘linmalarida zaxiralar harakatining ombor hisobi va tezkor 
hisobi ma’lumotlarining buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlariga 
muvofiqligini; 

moliyaviy hisobotda aks ettirilgan tmzlar bo‘yicha ma’lumotlarning 
haqqoniyligini; 

zaxiralar miqdori va bahosinnng buxgalteriya hisobi tezkorligini; 

zaxiralarning harakatlanish jarayoni (kelib tushishi, joylashtirilishi va 
chiqib ketishi) va shuningdek haqiqiy mavjudligini to‘laqonli va uzluksiz tartibda 
to‘la aks ettirishni; 

tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha (aylanmalari va qoldiqlari bo‘yicha) 
sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini 
ta’minlash. 
Ushbu talablarni bajarish maqsadida buxgalteriya hisobi oldiga bir 
qancha vazifalar qo‘yiladi (24-rasm). 
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni 
tuzish sanasigacha) bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida bo‘lgan 
barcha zaxiralar, ular qayerda joylashgan bo‘lishidan qati nazar, tovar-moddiy 
zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-
moddiy zaxiralariga o‘tkazishning xal qiluvchi mezoni bo‘lib uning mazkur 
buyumga bo‘lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi 
subyektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan 
buyumlar bo‘lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan
 
tovarlar yoki tovar-moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari 
rasmiylashtirilib, ammo o‘z vaqtida xaridor tomonidan olib chiqib ketilmagan 


300 
tovarlar bunga misol bo‘la oladi. Bular xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar-
moddiy zaxiralariga kirmaydi. 
24-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin