187
Prognozlash usullari 2 katta guruhga bo‗linadi: formalizatsiyalash
va evristik
usullar (2-rasm).
2-rasm. Prognozlash usullari
Shunday qilib, ilmiy prognozlashning eng muhim sharti – prognozlanadigan
obyektlarni boshqaradigan qonunlarni chuqur va har tomonlama o‗rganishdan iborat.
Obyektiv prognozli tadqiqot konkret material asosida
insonning maqsadli faoliyati,
iqtisodiy jarayonlarning obyektiv xarakteriga, obyektiv
determinizmning sababiy
qonunlariga zid bo‗lmasligi haqidagi umumiy qoidani qo‗shimcha ravishda isbotlab
beradi.
Prognozli tadqiqotlarni tashkil etish ishning
analitik bosqichi hisoblanadi,
prognozlash metodologiyasida esa kelajakning hozirgi va o‗tgan davr bilan genetik
aloqasini ochib berish uchun xizmat qiladi. Prognozlash
kelajakni shakllantiradigan
hozirgi davrdagi omillarni aniqlashga hamda taraqqiyot omillariga faol ta‘sir
ko‗rsatadigan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgandir.
O„rta darajalarni sirg„alish usuli.
Ayrim hollarda dinamik qatorlardagi
ma‘lumotlar tebranish bilan xarakterlanadi. Bu vaziyatda dinamik qatorlarni silliqlash
zarur. Silliqlash
natijasida tebranish kamayib, umumiy tendensiya yaqqolroq
namoyon bo‗ladi. Bu maqsadda keng qo‗llaniladigan usullardan biri – o‗rta
darajalarni sirg‗alish usulidir. Sirg‗anuvchi o‗rtacha usul o‗rtacha qiymatini aniqlash
vaqtida tasodifiy chetlamalarning o‗sish holatiga asoslanadi.
Oddiy
ekstrapolyat-
siya
O‗rtacha
darajalar
sirg‗alishi
Eksponensial
tekislash
Eng kichik
kvadratlar
Modellash-
tirish
Statistik
modellashtirish
Ekspert
baholash
Mantiqiy
Dostları ilə paylaş: