O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Prognozlar 
Dasturlar 
Rejalar 
Maqsadlar 
Resurslar 
Ishlab chiqarish 
komplekslari 
Axborot aloqalar 
Moddiy aloqalar 


186 
rejalashtirish vazifalariga mos keladigan balans usulini qarama-qarshi qo‗yadilar. 
Darhaqiqat, balans - bu iqtisodiy hisob-kitoblar usuli bo‗lib, iqtisodiy-statistik, 
analitik va rejali ishlarning turli bosqichlarida qo‗llanilishi mumkin. Prognoz - bu 
metodologiyada butun mantiqi va spetsifikasi bilan maqsadli tematik tadqiqot bo‗lib, 
ham sifat, ham miqdor tahlillarini o‗z ichiga oladi hamda unda, rejali ishlab 
chiqarishning pirovard natijalaridan qat‘iy nazar, mustaqil ilmiy ahamiyat kasb etadi. 
Uning ko‗rsatkichlar doirasi kelgusidagi rejaning ko‗rsatkichlari doirasidan jiddiy 
farq qilishi mumkin. 
Prognozli tadqiqot yechimlarni asosli ravishda tanlash uchun juda foydali 
bo‗ladi va bunday jarayon tashqi sharoitlari muddatini bayon qilib beradi. 
Prognozlash turlari.
1. Prognozlash masshtabiga ko‗ra makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy 
prognozlarga ajratiladi. 
2. Tuzilish intervali bo‗yicha operativ, qisqa muddatli va uzoq muddatli 
bo‗lishi mumkin. Qisqa muddatli prognozda faqat miqdoriy o‗zgarishlar e‘tiborga 
olinadi. Uzoq muddatli prognoz ham miqdoriy, ham sifat o‗zgarishlarga asoslangan 
bo‗lib, o‗z o‗rnida o‗rta muddatli va uzoq muddatli bo‗lishi mumkin.
3. Prognozlash yo‗nalishlariga ko‗ra izlanishli va normativ bo‗lishi mumkin. 
Izlanishli prognoz – agar hozirgi tendensiyalar saqlanib qolsa, iqtisodiy tizim qanday 
rivojlanadi, degan savolga javob beradi. Boshqa so‗z bilan aytganda, tizimga ta‘sir 
etuvchi omillar o‗zgarmasa, u qanday holatga kelishi mumkin? 
Normativ prognoz bo‗lajak maqsadlarga erishish uchun tizimni rivojlanish 
yo‗nalishlarini va muddatlarini aniqlaydi (belgilaydi). Maqsad qilingan holatga tizim 
erishish uchun, ta‘sir etuvchi omillarga qanday o‗zgarishlar kiritish zarur? Boshqa 
so‗z bilan aytganda qanday qilib maqsadga erishish mumkin?

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin