O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Bir o„lchamli va ko„p o„lchamli rivojlanishning qiyosiy tahlili



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

9.2. Bir o„lchamli va ko„p o„lchamli rivojlanishning qiyosiy tahlili
Ko‗p sonli iqtisodiy kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, iqtisodiy o‗sish zamon va 
makonda - doimo bir xil bo‗lmay, balki o‗zgaruvchandir. Ayrim davlatlarning 
iqtisodi tez rivojlansa, ayrim davlatlarning iqtisodi sekin rivojlanadi. Alohida bir 
davlatning iqtisodi ham goh tez rivojlansa, goh sekin rivojlanadi. 
Iqtisodiy o‗sish nazariyasi umuiqtisodiyot va uning ayrim sohalari 
rivojlanishining notekisligini iqtisodiy o‗sishga har xil omillar ta‘sir qilishi bilan 
izohlaydi. Umuman olganda, iqtisodiy o‗sish bilan qandaydir bog‗liq bo‗lgan barcha 
iqtisodiy resurslar, xo‗jalik faoliyatlari turlari va ularning natijalari iqtisodiy o‗sish 
omillari hisoblanadi. Katta miqdordagi iqtisodiy o‗sish omillaridan eng asosiylari 
ajratib olish ancha murakkab masaladir. Bundan tashqari, iqtisodiy o‗sishga ta‘sir 
kiluvchi asosiy omillar to‗plamini aniqlashda ham har xil fikrlar mavjud.
Iqtisodiy o‗sishni ko‗pchilik modellariga kam omilli konsepsiyasi xarakterlidir. 
Iqtisodiy o‗sish modellari odatda ikki omilli yoki ayrim hollarda bir omilli bo‗ladi. 
To‗rt omilli iqtisodiy o‗sish modellari ham uchrashi mumkin. Iqtisodiy o‗sishning 
ikki omilli modellarining eng ko‗p uchraydigani mehnat va asosiy fondlarga bog‗liq 
bo‗lgan modellaridir. 
Iqtisodiy o‗sish nuqtai nazarida mehnatning nafaqat miqdori balki, sifati ham 
katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Mehnat sifati, ya‘ni uning murakkabligi uni 


175 
bajaruvchilarning bilim darajalari, amaliy tajribalari, murakkab operatsiyalarni 
bajarish qobiliyatlari, chaqqonligi kabi ko‗rsatkichlar bilan baholanadi. 
Empirik modellarga omil sifatida kiruvchi mehnat inson faoliyatning faqat 
miqdoriy ko‗rsatkichini ifodalovchi tor ma‘nodagi tushunchadir. Bunday modellarda 
mehnat hajmi ko‗p hollarda bajarilgan ish saotlari yoki ishlab chiqarishda band 
bo‗lgan odamlar soni bilan belgilanadi. Ayrim hollarda mehnat sifatini aniqlashga 
harakatlar bo‗lgan edi. Bunda mehnat sifatini aholining bilim darajasi, 
mehnatkashlarning yoshi va jinsi kabi ko‗rsatkichlar bian izohlangan. 
Iqtisodiy o‗sish modelining ikkinchi omili kapital (asosiy vositalar) nazariy va 
amaliy jihatdan bir xil ma‘noga ega emas. Ayrim iqtisodchilar kapital natural 
o‗lchamlarda aniqlangan moddiy boyliklar miqdoridir deyishsa, ayrim iqtisodchilar 
kapital bu qiymatlar yig‗indisidir va u sarf qilingan mehnat miqdorini ifodalaydi 
deyishadi. 
Umuman, iqtisodiy o‗sishning ikkinchi omili kapital (asosiy fond) nafaqat 
miqdor qiymatga balki, sifat qiymatga ham egadir. Chunki, bir qarashdayoq asosiy 
fondlarning elementlarining bir-biridan farqi yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shuning 
uchun ham asosiy fondlarning hajmlarini aniqlashda umumiy baholash usullarini 
topishga harakat qilingan. Natijada asosiy fondlarning nafaqat miqdor balki, ularning 
sifati va uning o‗zgarishlari ham hisobga olingan. Asosiy fondlarni baholashda ko‗p 
hollarda ularning qayta yaratish sarflari va ularning ekspluatatsiyasidan olinishi 
mumkin bo‗lgan foyda miqdoridan foydalanadi. 
Amaliy maqsadlarda birinchi ko‗rsatkich ya‘ni asosiy vositalarni yaratish yoki 
sotib olish ko‗rsatkichidan foydalaniladi. Bunda boshlang‗ich sarf xarajatlar yoki 
narxlar o‗zgarishini hisob olingan holda hisoblangan xarajatlar hisobiga olinadi. 
Demak, asosiy fondlar, ya‘ni kapital ularni takroriy ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
belgilanadi. Baholash tizimining mavjudligi asosiy fondlarni faqat miqdor jihatidan 
emas, balki sifat jihatidan ham baholash imkoniyatini beradi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin