28
- moliyaviy xizmatlar (banklar tomonidan taqdim qilinadigan kredit va boshqa
xizmatlar, sug‗urtalash);
- jamiyat himoyasini ta‘minlovchi va uning a‘zolari o‗rtasidagi
aloqalarni
tartibga solib turuvchi umumiy xizmatlar (mamlakat mudofaasi, jamoat tartibini
saqlash, adliya, milliy va mahalliy darajadagi umumiy boshqaruv).
Iqtisodiyot jabhalaridagi o‗zgarishlar ijtimoiy institutlar,
insonlar xatti-
harakatlari va mafkuralarida sezilarli o‗zgarishlarga olib keladi. Mazkur o‗zgarishlar
modernizatsiya deb yuritiladi.
Shved iqtisodchisi G. Myurtal «uchinchi dunyo» mamlakatlari iqtisodiy
taraqqiyotiga bag‗ishlangan «Osiyo dramasi» nomli kitobida modernizatsiyaning
quyidagi tamoyillarini ko‗rsatib o‗tgan:
1. Ratsionalizm. An‘anaviy fikrlash tarzi va ishlab chiqarish shaklini
o‗zgartirish, jamoatchilik va inson faoliyatining barcha
sohalarida yangi metod va
modellarni qo‗llash.
2. Iqtisodiy rejalashtirish. Xo‗jaliklar taraqqiyotini oshirish maqsadida
qo‗llaniladigan iqtisodiy siyosat.
3. Tenglik. Barcha uchun yanada teng ijtimoiy va huquqiy mavqe, daromadlar
va hayot tarzining yaratilishini ta‘minlash.
Ijtimoiy institutlar va aql-idrokdagi o‗zgarishlar. Bu yerda mehnat
unumdorligini oshiradigan, raqobatni rivojlantirib tadbirkorlikka yo‗l
ochadigan,
ma‘lum bir ma‘noda insonlar xohish va imkoniyatlaridan foydalanishga zamin
yaratadigan o‗zgarishlar to‗g‗risida fikr yuritiladi.
Institutsional o‗zgarishlar o‗z ichiga yer islohotlari, monopoliyaga qarshi
kurash, ta‘lim va sog‗liqni saqlash tizimini
takomillashtirish va davlat
boshqaruvining o‗zgarishini oladi.
Turli xildagi ishlab chiqarish omillarini birikishi hamda har-xil davlatlarning
rivojlanishi sharoiti, iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilab berishga yo‗l qo‗ymaydi,
degan bir fikr mavjud. Buning uchun bir qator asosiy ko‗rsatkichlar qo‗llaniladi:
1. Aholi soniga to‗g‗ri keladigan YaIM.
2. Aholi soniga to‗g‗ri keladigan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari.
29
3. Aholini turmush darajasi va sifati.
4. Iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlarining natijasi.
Aytib o‗tish joizki, iqtisodiy rivojlanish darajasi bu tarixiy tushuncha bo‗lib,
milliy iqtisodiy rivojlanishning har bir pog‗onasi hamda jahon hamjamiyatiga uning
asosiy ko‗rsatkichlariga ozmi-ko‗pmi o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Aholi soniga to‗g‗ri keladigan YaIM ko‗rsatkichi iqtisodiy rivojlanish
darajasini aniqlab beruvchilardan hisoblanadi. Bir qancha rivojlangan davlatlar 90
yillarning o‗rtalarida aholi soniga YaIM ko‗rsatkichi
juda yuqori darajada boshqa
rivojlangan davlatlarga solishtirganda, lekin boshqa ko‗rsatkichlarga qaraganda
iqtisodiyot sohasining tizimi aholi soniga to‗g‗ri kelgan ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning turlari va boshqalar bunday davlatlar rivojlangan
davlatlar sarasiga
kirmaydi. Boshqa ko‗rsatkichlar xalqaro ko‗lamda keng qo‗llaniladigan, iqtisodiyot
sohasining tizimi hisoblanadi, tizimlarga bo‗lib chiqarilib,
unga YaIM asnosida
tashhis qo‗yiladi.
Birinchi navbatda milliy iqtisodiyot sohasida yirik tizimlardan, ya‘ni moliyaviy
va moliyaviy bo‗lmagan mahsulotlar orasidagi farq o‗rganilib chiqiladi. Bu
solishtiruv birinchi navbatda ishlab chiqarishni umumiy belgilab beradi. Boshqa
sohalarning tizimini o‗rganib chiqish ham katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: