42
Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‗sish omillari o‗rtasida bo‗ladigan farqlar
sababli oddiy konsepsiya omillari iqtisodiy o‗sishdan ilgari yuzaga keluvchi bir
taraflama bog‗liqliklarni ifodalaydi. Bunda bog‗liqlik tushunchasi faqat iqtisodiy
ma‘noga ega bo‗lganligi sababli, bu bog‗liqliklar vaqt davomida bir tomonlama va
bir-biriga to‗g‗ri kelmaydigan va eng muhimi bog‗liqlikning xarajat-ishlab chiqarish
ko‗rinishidagi texnik shaklini ifodalaydi.
Yuqoridagi ko‗rsatilgan afzallikdan tashqari oddiy konsepsiya qator
kamchiliklarga ham ega. Uning birinchi va eng asosiy kamchiligi - u iqtisodiy o‗sish
va uning omillari o‗rtasidagi bog‗liqliklarni faqat ishlab chiqarish korxonalari
darajasida ko‗rib, butun milliy iqtisodiyot darajasida ko‗ra olmaydi. Ular uchun
mehnat va asosiy fond ishlab chiqarishni tashkil qilish va ma‘lum natijalarga erishish
sharti hisoblanadi. Bu bog‗liqliklar butun iqtisodiyot uchun ayrim xususiy hol sifatida
qaraladi. Bir xil sarfda ham, milliy iqtisodiyotning o‗sish darajasi taqsimotdagi
farqlar sababli har xil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: