O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

Nazorat savollari 
1.
Iqtisodiy o‗sishning bir omilli modellarini ta‘riflab bering. 
2.
Bir omilli va ko‗p omilli iqtisodiy o‗sishning o‗ziga xos xususiyatlari qanday?
 
3.
Takror ishlab chiqarish omillari deganda nimani tushunasiz? 
4.
Takror ishlab chiqarish omillari va iqtisodiy o‗sish o‗rtasidagi oddiy va murakkab 
bog‗liqlik shakllarining xususiyatlarini tushuntirib bering. 
5.
Tabiiy resurslarga ta‘rif bering va ularning mohiyatini tushuntiring. 
6.
Tabiiy resurslarning tasnifini tushuntirib bering. 
7.
Iqtisodiy o‗sishning keynsiancha modellarini tushuntirib bering? 
8.
Iqtisodiy o‗sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari nimalarga 
asoslanadi? 
9.
Iqtisodiy o‗sishning neoklassik nazariyasi namoyondalari kimlar? 
10.
Kobba-Duglas modeli orqali nimani tadqiq qilish mumkin? 
11.
Kobba-Duglas modeliga qanday omillar kiritilgan? 
12.
Texnik taraqqiyotning iqtisodiy o‗sishga ta‘sirini tushuntirib bering. 
13.
Aholi ko‗payishining iqtisodiy o‗sishga ta‘sirini tushuntirib bering. 
14.
Iqtisodiy o‗sishning E.Domar modeli haqida fikringiz. 
15.
R.Xarrodni iqtisodiy o‗sish modelini izohlang. 
16.
Xarrod-Domar modelini cheklanganligi nima bilan belgilanadi? 


61 
III bob. IQTISODIY O„SISHNING YOPIQ VA OCHIQ 
MODELLARI
3.1. Iqtisodiy o„sish va byudjet-soliq siyosati. 
3.2. Investitsiyalarning ichki iqtisodiy harakati. 
3.3. Milliy daromadning intensivlik dinamikasi. 
3.4. Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning tashqi muhit bilan o„zaro bog„liqligi. 
3.5. Ochiq ishlab chiqarish jarayoni modeli. 
3.6. Yopiq iqtisodiyot va uning xususiyatlari. 
3.1. Iqtisodiy o„sish va byudjet-soliq siyosati 
Byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy o‗sishga ta‘sir etish mexanizmlari 
xususiyatlari, uning o‗zgarishlarida vujudga keladigan katta miqdordagi ijobiy va 
salbiy oqibatlarning mavjud bo‗lishi bilan ifodalanadi hamda ushbu jarayon vaqt 
bo‗yicha keskin farq qilishi mumkin. Xususan, tibbiyot va ta‘lim xarajatlarining real 
o‗sishi inson kapitali sifatini va iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini o‗rta davrga 
mo‗ljallangan muddatga oshiradi. Boshqa tomondan esa, agar qo‗shimcha byudjet 
xarajatlari soliq stavkalarini oshirishni taqozo etsa, bu esa aholining egalik qiladigan 
daromadlari va tovar ishlab chiqaruvchilar foydasining pasayishiga olib keladi. 
Buning natijasida jamg‗arish qisqarib, korxonalaring investitsiya faolligi pasayadi. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan inson kapitali sifati o‗sishidan keladigan ijobiy samaraga 
nisbatan, o‗sish uchun salbiy samara tez sodir bo‗ladi. 
Agar byudjet xarajatlari o‗sishi byudjet kamomadlariga mos ravishda o‗sib 
borsa, bunda qisqa muddatli davrda pul hajmi ortadi va inflyatsiya jarayonlari 
tezlashib, foiz stavkalari oshadi hamda iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik qiluvchi omillar 
va boshqa muammolar paydo bo‗ladi. 
Byudjetning xarajat va daromad ko‗rsatkichlarining muayyan vaqt bo‗yicha 
qatorlari absolyut ko‗pchiligining statsionar xarakteri ekonometrik tahlil o‗tkazishga 
hamda byudjet boshqaruvi doirasida ham, iqtisodiy siyosatning boshqa turlarining 
doirasida ham statistik ahamiyatga ega bo‗lgan o‗zaro aloqalarining mavjudligi 


62 
haqidagi gipotezani tekshirish imkonini beradi. 
Byudjet tahlili natijalarining ko‗rsatishicha, hisobot davridagi oxirgi 6-8 yilda 
byudjetning xarajat va daromadlari qisqarishining barqaror tendensiyasi shakllandi. 
Ekonometrik tahlil natijalari byudjet daromadlarining qisqarishiga turli xildagi 
byudjet xarajatlarining turlicha bog‗liqligi haqidagi gipotezani tasdiqladi. 
Mavjud byudjet statistikasi hisoboti byudjet xarajatlarining to‗rt xilini: davlat 
investitsiyalari uchun xarajatlar 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin