O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Keynscha modellarni rivojlantirish yo„nalishlari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

2.6. Keynscha modellarni rivojlantirish yo„nalishlari 
«Xarajatlar - ishlab chiqarish» (input-output) tarmoqlararo balans usuli nafaqat 
iqtisodiyot turli tarmoqlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalarni o‗rganishga, balki mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‗zgarishi va iqtisodiy 
o‗sish sur‘atlarini prognozlashga imkon yaratadi. 
Iqtisodiy o‗sish modellari to‗g‗risida so‗z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy 
o‗sish» konsepsiyasiga to‗xtalib o‗tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu 
konsepsiya tarafdorlarining fikricha, texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‗sish atrof-
muhitning ifloslanishi, tabiatga zararli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining 
yomonlashuvi va boshqa shu kabi ko‗plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‗payib borishi, ishlab chiqarish 
miqyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning 
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‗sish chegaralarini cheklab qo‗yadi. Buning 
oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro‗y berib, tez 
orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga 
ko‗ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‗sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‗sishni 
maqsadga muvofiq ravishda ma‘lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. 
Ular iqtisodiy o‗sish tovar va xizmatlar hajmining ko‗payishini ta‘minlashini tan 
olsalarda, bu o‗sish bir vaqtning o‗zida turmush darajasining yuqori sifatini ta‘minlay 
olmasligini ta‘kidlaydilar. 
Albatta, iqtisodiy o‗sishda milliy boylik asosiy rol o‗ynaydi. Milliy boylik 
insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar 
tomonidan jamg‗arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan 
iborat. Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 


59 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy 
iste‘mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‗arish oqibatida vujudga keladi va o‗sib 
boradi. Ammo, moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi 
mahsulotlar yig‗indisi sifatida tasavvur qilish noto‗g‗ri bo‗lar edi. Chunki, bu 
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab 
chiqarish vositalari, iste‘mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining 
o‗rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-
buyumlashgan boylik sifatida jamg‗arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy 
buyumlashgan boylikning o‗sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga 
ega bo‗lib, tarkibiy tuzilishi bo‗yicha qo‗yidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zaxiralar va ehtiyojlar; 
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‗jaligida jamg‗arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o‗sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko‗rsatish mumkin: 
- mehnat unumdorligining o‗sishi; 
- ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
- milliy daromadda jamg‗arish normasining ortishi. 
Tabiat in‘omlari o‗zlarining dastlabki ko‗rinishida tabiiy boylik bo‗lib, shu 
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma‘nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik 
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta‘siri oqibatida real boylikka aylanadi. Milliy 
boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy 
ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi 


60 
hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakli bilan bog‗liq bo‗lmagan 
alohida turdagi iste‘mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish 
sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining 
turmush darajasini ta‘minlash va oshirib borish uchun zarur bo‗ladi. Bunday boyliklarga 
ta‘lim, sog‗likni saqlash, fan, madaniyat, san‘at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan 
nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura 
obidalari, noyob adabiyot va san‘at asarlari alohida o‗rin tutadi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin