66
bozorining real shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ularni o‗zgartirish dasturi
investitsiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir.
Iqtisodiyot bilan bog‗liq holda bank faoliyatini takomillashtirib borish uchun
marketing tadqiqotlarini muntazam ravishda olib borish maqsadga muvofiq. Faqat
shunday usul bilan investitsiya bozorida samaradorlikni oshirish va barqarorlikka
erishish mumkin.
Investitsiya bozori rivojlanishining asoslaridan biri bo‗lgan marketing dasturi
va uning asosiy yo‗nalishlari rejalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish zarur.
Marketing tadbirlarini ishlab chiqishning dastlabki bosqichida bankning oldida turgan
vazifalar aniqlanishi va ularning to‗g‗ri ifodalanishi asosiy yo‗nalishlarga doir
harakat rejasini ishlab chiqishning asosini tashkil qilishi kerak. Vazifa faoliyat
yo‗nalishini belgilaydi va shundan kelib chiqib, bank muassasasining tashkiliy tarkibi
aniqlanadi. Bu rejalar quyidagilardan iborat bulishi kerak.
- investitsiya bozorining asosiy yo‗nalishini belgilovchi omillarni aniqlash.
Ushbu tarkibiy qism juda muhim bo‗lib, rejani ishlab chiqish uchun asos bo‗lib
xizmat qiladi. Shuningdek, ular yordamida bank xizmatining raqobatbardoshligi
baholanadi. Bu baho bank xizmatlari bozori imkoniyatlarini tahlil qilishga xizmat
qiladi. Rejada moliya bozori, shuningdek, bankni ko‗rsatayotgan xizmatining darajasi
nuqtai-nazaridan turib, uning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash mumkin;
- investitsiya bozorida shart-sharoitlarning o‗zgarishini aniqlash. Investitsiya
bozorida shart-sharoitlarning tez-tez o‗zgarib turishi tufayli asosiy yo‗nalishlarga doir
harakatlar rejasida barcha narsalarni oldindan aniqlashning imkoni yo‗q. Shuning
uchun rejani ijro etish jarayonida vaziyatga qarab tuzatishlar kiritib borish mumkin
bo‗lgan o‗zgaruvchan omillar to‗plamini ko‗zda tutish kerak.
Shunday qilib, investitsiya bozorini o‗rganish va tahlil qilish natijasida shunday
fikrga keldikki, demak u bir qator iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish natijasida
yuzaga kelar ekan.
Dostları ilə paylaş: