35
II bob. IQTISODIY O„SISHNING KEYNSIANCHA
MODELLARI
2.1. Iqtisodiy o„sishning bir omilli modellari.
2.2. Ishlab chiqarishning o„sishi. Ishlab chiqarishning uzluksiz o„sishi.
2.3. Takror ishlab chiqarish omillarining o„zaro ta‟sirlari.
2.4. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish.
2.5. Iqtisodiy o„sish modellari va ularning nazariy jihatlari.
2.6. Keynscha modellarni rivojlantirish yo„nalishlari.
2.1. Iqtisodiy o„sishning bir omilli modellari
Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillaridan biri - tabiiy resurslar hisoblanadi.
Tabiiy resurslarga foydali qazilmalar, suv, o‗rmonlar, qishloq xo‗jalik yerlari,
hayvonot dunyosi va hokazolar hamda atrof-muhit,
iqlim sharoiti, tabiiy
boyliklarning joylashuvi, yer releflari va shunga o‗xshash
tabiiy holat va narsalar
kiradi. Albatta, mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifati insonning iqtisodiy
faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, tabiiy resurslar insonning iqtisodiy faoliyatida
passiv o‗rin tutadi. Shuning uchun ham tabiiy rusurslarga boy davlatlar o‗z-o‗zidan
taraqqiy etgan boy davlatlarga aylanib qolishmaydi. Tabiiy
resurs omillari ishlab
chiqarishda keng qo‗llanilganda, ularga mehnat sarf qilingandagina iqtisodiy o‗sishga
ta‘sir qilishi va uni tezlashtirishi mumkin.
Iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadi bo‗lib, inson ehtiyojlarini qondirishdan
iborat. Demak, iqtisodiy o‗sish darajasi bilan inson ehtiyojlarini qondirish o‗rtasida
chambarchas bog‗liqlik mavjud. Davlat iqtisodiyoti qancha rivojlangan bo‗lsa, uning
aholisi ehtiyojlari shuncha to‗liq qondirilgan bo‗ladi.
Iqtisodiy o‗sish inson talablarini qondirish darajasini ikki tomonlama izohlaydi.
Birinchidan, yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar qanday ehtiyojlar yuzaga
kelishlarini belgilaydi va ulardan ozgina ilgarida bo‗lishlari lozim.
Ikkinchidan,
yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklarning taqsimlanish usullari, jamiyatning va
uning har bir a‘zosining talablarining qondirilish darajalarini aniqlaydi.
36
Yaratilgan moddiy boyliklarni bir o‗lchamga keltirish ham nazariy, ham amaliy
jihatdan mumkin. Faqat xo‗jalik faoliyatini
ayrim sohalari yoki ayrim
mahsulotlarning natural miqdoriy o‗zgarishini sifat jihatidan baholash murakkab
jarayon. Chunki, mahsulotlarning sifat o‗zgarishi uning barcha o‗ziga xos
xususiyatlarining ham o‗zgarishiga olib keladi. Sifat o‗zgarishlarining barchasini bir
qancha sifat o‗zgarishlarni, bir yo‗la e‘tiborga oluvchi o‗zgaruvchilar to‗plami
yordamida ko‗rsatishimiz mumkin. Ko‗p omilli iqtisodiy o‗sishning tahlilida
iqtisodiy faoliyatning ayrim yo‗nalishlarini va mahsulotlarining ayrim xususiyatlarini
miqdoriy aniqlash qo‗shimcha murakkabliklar bilan bog‗liq.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari
bir-biridan ham shaklan, ham
mazmunan farq qiladi.
Bu elementlarning
natural ko‗rinishlari ham, ko‗rinishlari ham
bir xil bo‗lmaydi. Har xil sifat xususiyatlarni agregirlashni ham turli sifatlarini bir
vaqt o‗lchaydigan va baholaydigan yagona, umumiy shart mavjud bo‗lgandagina
amalga oshirilishi mumkin.
Bir omilli va ko‗p omilli iqtisodiy o‗sishni o‗ziga
xos xususiyatlarini aniqroq
tasavvur qilishimiz uchun quyidagi 1-jadvalni keltiramiz.
1-jadval
Bir va ko‗p ko‗rsatkichli iqtisodiy o‗sishni o‗ziga xos xususiyatlari
Dostları ilə paylaş: