45
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‗zining keyingi qo‗shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‗shadi.
Shunga ko‗ra, bunga javoban barcha keyingi qo‗shilgan mahsulotga teng keluvchi
daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‗lgan resurslar o‗rtasida
miqdoriy bog‗liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‗rtasida
o‗zaro bir-birining o‗rnini bosish imkoniyati mavjud.
Bu yerda aytish mumkinki neoklassik va boshqa ayrim yo‗nalishdagi
nazariyotchilar ikkita uslubiy xatoga yo‗l qo‗yadilar:
1)
Ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Holbuki, barcha ishlab
chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‗zlarining
qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan
mahsulotga o‗tkazadilar. Lekin, barcha omillar yaratilgan va o‗sgan (ko‗paygan)
mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2)
Ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‗ynashini,
qolganlari esa passiv rol o‗ynashini unutadilar. Chunki, hech bir tabiiy resurs, kapital
resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‗zicha harakatga kela
olmasligi, o‗z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‗q bo‗lib ketishi, ularning
qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi ko‗p yillardan beri ko‗p
martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e‘tibor bergisi
kelmaydi.
Neoklassik
model ko‗p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobba-
Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‗sishida ishlab chiqarish turli
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: