44
tashqari oltin, kumush, molibden, selen va boshqa nodir elementlar mavjudligi
aniqlangan.
Hozirgi paytda 5 ta aniqlangan volfram konlaridan 2 tasi (Qo‗ytosh va
Ingichka konlari) ishlatilmoqda. 2 ta volfram konlari (Saritau va Sautboy konlari) va
2 ta qalay koni (Qarnob va Zirabuloq-Ziyoutdin konlari) ochildi.
Prognozlarga
qaraganda, respublikamizda fosforitlarning zaxirasi (asosan
fosfor angidrid) 100 mln. tonna deb baholanmoqda. Fosforli o‗g‗itlar ishlab
chiqaruvchi zavodlar Qozog‗istonning Qoratau ma‘dan konlaridan keltirayotgan
xomashyolar hisobiga ishlamoqda.
Respublikamizdagi tog‗ jinslarining kompleksi va yaratilgan mineral
xomashyolari qurilish materiallari (marmar, granit, sement va boshqalar)
ni ishlab
chiqarish imkonini beradi.
Respublikada mineral issiq suv va sanoat suvlarining zaxiralari mavjud.
Hozirgi paytda 32 ta mineral suv zaxiralari aniqlangan bo‗lib, ularning 12 tasida dam
olish maskanlari tashkil etilgan. Iste‘mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida 9 ta suv
qadoqlash zavodlari ishga tushirildi. Mineral suv zaxiralari 8208 ming m
3
/sutkani
tashkil etmoqda. Yuqori haroratli issiq suv maskanlari Farg‗ona vodiysida, Buxoro,
Samarqand va boshqa viloyatlarda topilgan.
2.5. Iqtisodiy o„sish modellari va ularning nazariy jihatlari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‗sish omillarini o‗rganish
hamda uning
kelgusidagi natijalarini prognoz qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o‗sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‗z mazmuniga
ko‗ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita
nazariya - makroiqtisodiy
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik)
nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o‗sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi
noto‗g‗ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
45
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o‗zining keyingi qo‗shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‗shadi.
Shunga ko‗ra, bunga javoban barcha keyingi qo‗shilgan mahsulotga teng keluvchi
daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‗lgan resurslar o‗rtasida
miqdoriy bog‗liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‗rtasida
o‗zaro bir-birining o‗rnini bosish imkoniyati mavjud.
Bu yerda aytish mumkinki neoklassik va boshqa ayrim yo‗nalishdagi
nazariyotchilar ikkita uslubiy xatoga yo‗l qo‗yadilar:
1)
Ular ishlab chiqarish omillarining barchasi
bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Holbuki, barcha ishlab
chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o‗zlarining
qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan
mahsulotga o‗tkazadilar. Lekin, barcha omillar yaratilgan va o‗sgan (ko‗paygan)
mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2)
Ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o‗ynashini,
qolganlari esa passiv rol o‗ynashini unutadilar. Chunki, hech bir tabiiy resurs, kapital
resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o‗zicha
harakatga kela
olmasligi, o‗z joyida ham jismonan, ham qiymati yo‗q bo‗lib ketishi, ularning
qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi ko‗p yillardan beri ko‗p
martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e‘tibor bergisi
kelmaydi.
Neoklassik
model ko‗p
omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funksiyasi asos qilib olingan. Kobba-
Duglas modeli orqali ishlab chiqarish hajmining o‗sishida ishlab chiqarish turli
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: