L
AK
Y
,
46
bu yerda:
Y
– ishlab chiqarish hajmi;
K
– kapital sarflari;
L
– ishchi kuchi sarflari;
A
,
, - ishlab chiqarish funksiyasining koeffitsientlari;
A
– avtonom texnik taraqqiyot
koeffitsienti;
va - ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo‗yicha
elastiklik koeffitsientlari.
Elastiklik koeffitsienti bir ko‗rsatkich miqdorining foizda o‗zgarishi natijasida
boshqa bir ko‗rsatkich miqdorining o‗zgarish darajasini ifodalaydi. Shunga ko‗ra,
koeffitsienti kapital sarflarining 1% ga o‗sishi, ishlab chiqarish hajmining necha
foizga o‗sishini, koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1% ga o‗sishi ishlab
chiqarish hajmining necha foizga o‗sishini ko‗rsatadi. va ning yig‗indisi ishchi
kuchi va kapital sarflarining bir vaqtning o‗zida 1% ga o‗sishi ishlab chiqarish
hajmining necha foizga o‗sishini ko‗rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o‗z tadqiqotlarida AQSh qayta ishlash sanoatining 1899-
1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funksiyasining
ko‗rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar va u quyidagi ko‗rinishda:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y
.
Bu ko‗rsatkichlar shuni anglatadiki, o‗sha davrda AQSh qayta ishlash
sanoatida kapital sarflarining 1% ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25% ga,
ishchi kuchi sarflarining 1% ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga
oshishiga olib kelar ekan.
Keyinchalik Kobba-Duglasning ishlab chiqarish funksiyasini Golland
iqtisodchisi Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil - texnika
taraqqiyoti ko‗rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funksiyasi formulasi
quyidagi ko‗rinishni oldi:
rt
e
L
AK
Y
1
,
bu yerda:
e
rt
– vaqt omili.
Ishlab chiqarish funksiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat
miqdor, balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg‗unlashuvchi sifat o‗zgarishlari
- ishchi kuchi malakasining o‗sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab
47
chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma‘lumotlilar
darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o‗sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha
nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondashish natijasida vujudga kelgan. Bu
modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim E.Domarning iqtisodiy
o‗sish modellari e‘tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari
mavjud bo‗lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) Ular neoklassik modellardan farqli o‗laroq bir omilli model hisoblanadi.
Ya‘ni, bu modellarda milliy daromadning o‗sishi faqat kapital jamg‗arishning
funksiyasi hisoblanib, kapital samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatuvchi ishchi kuchi
bandligining oshishi, fan-texnika taraqqiyoti (FTT) yutuqlaridan foydalanish
darajasining o‗sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi kabi boshqa
barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi;
2) Ishlab chiqarishning kapital sig‗imi ishlab chiqarish omillari narxlarining
nisbatiga bog‗liq bo‗lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali
aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o‗sishi iqtisodiy o‗sish va uning
sur‘atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning
o‗sishiga imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini
kengaytiradi. O‗z navbatida daromadning o‗sishi bandlikning oshishiga imkon
yaratadi. Investitsiya hajmining ko‗payishi natijasida kengaytirilgan ishlab chiqarish
quvvatlari daromadning o‗sishi orqali to‗liq ishga tushirilishi lozim.
Iqtisodiy
o‗sishning E.Domar modeli. Bu model makroiqtisodiy
muvozanatning keynschilik nazariyasini tanqidiy qayta ishlash va rivojlantirish
sifatida vujudga keldi. Ma‘lum bo‗lganidek, Keynsning asosiy maqsadi - rivojlangan
mamlakatlarda ommaviy ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlaridan to‗liq
foydalanmaslik sabablarini aniqlash edi. Bu hodisa 1929-1933 yillarda ―Buyuk
depressiya‖ davrida halokatli o‗lchamlarga erishib, bu vaqtda nafaqat yangi kapital
qo‗yilmalarga, balki asosiy kapitalni yangilashga ham imkoniyat yo‗q edi. Shu
48
sababli Dj.Keyns nazariyasini fanda depressiv yoki stagnatsiyalanuvchi iqtisodiyot
nazariyasi deb atashadi.
Urushdan keyingi davrda g‗arb mamlaktlaridagi iqtisodiy holat o‗zgardi –
iqtisodiy o‗sish masalalariga olimlar diqqatini qaratgan yuqori kon‘yunktura davri
boshlandi. Biroq, yangi sharoitlarda keynschilik nazariyasi chetga surib qo‗yilmadi,
balki sifat jihatdan yangi muammolarni hal qilish uchun ijodiy o‗zgartirildi. Chunki,
bu nazariya bozor iqtisodiyoti amal qilishining bir qator fundamental savollariga
javob bera olar edi. Milliy daromad, iste‘mol, jamg‗arma va investitsiyalar kabi
iqtisodiy miqdorlarga asoslanib, Dj.Keyns iqtisodiy faoliyat darajasining o‗zgarishini
tushuntira oladigan modelni ishlab chiqdi. U iqtisodiy pasayish va ishsizlikning
o‗sishi davrida iste‘mol va jamg‗armalar, shu jumladan, investitsiyalar qisqarishini
isbotladi. Shuning uchun, yalpi talab o‗sishining haqiqiy dastaklari mavjud
bo‗lmagan taqdirda, Dj.Keynsning fikricha, hukumat talabni tartibga solish chora-
tadbirlaridan foydalangan holda iqtisodiyotga aralashishi zarur. Talabni soliqlarni
pasaytirish orqali yoki davlat xarajatlarini ko‗paytirish orqali oshirish mumkin, bu esa
o‗z navbatida iqtisodiy faollikni jonlantiradi.
Iqtisodiy o‗sish neokeynschilik modelining mohiyati nimada?
1.
Ularning barchasi Dj.Keynsning asosiy postulati – yalpi talabga asoslanadi.
Modellarni qurishda ularning mualliflari muvozanatlashgan iqtisodiy o‗sishning hal
qiluvchi sharti - yalpi talabning oshishi ekanligidan kelib chiqishgan.
2.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy omili bo‗lib, kapital qo‗yilmalar (investitsiyalar)
hisoblanadi, ular multiplikatorlar orqali daromadni oshiradi yoki o‗zi daromad
oshishining natijasi hisoblanadi (akselerator ta‘sirida). Qolgan barcha ishlab chiqarish
omillari (bandlikning oshishi, uskunalardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni
tashkil etishning yaxshilanishi) hisobga olinadi va modeldan chiqarib tashlanadi.
Bunda bu modellarning keynschilik tabiati va neoklassik nazariyalardan asosiy
farqlanishi mujassamlashgan.
Shunday qilib, o‗sishning neonekeynschilik modeli ikki o‗ziga xos xususiyat
bilan xarakterlanadi:
49
iqtisodiy o‗sishga daromad darajasi bilan belgilanadigan talab nuqtai
nazaridan yondashish;
investitsiyalarning iqtisodiy o‗sishdagi muhim roli bilan, chunki daromad
kapitalning jamg‗arilishiga bog‗liq (demak, yalpi talab hajmi ham).
Iqtisodiy o‗sishning neokeynschilik modellari kelib chiqishi Polshalik bo‗lgan
amerikalik iqtisodchi E.Domar va ingliz iqtisodchisi R.Xarrod tomonidan
shakllantirilgan. Ular tomonidan olingan natijalar shunchalik bir-biriga yaqin ediki,
natijada fanda ular Xarrod-Domar modeli deb atala boshlandi. Biroq, modellarda
o‗ziga xoslik borligi tufayli, ularning har birini ko‗rib chiqamiz, xulosa qilib esa
ularni umumlashtiruvchi holatga e‘tiborni qaratamiz.
Iqtisodiy o‗sishning E.Domar modeli. E.Domar uning modeli keynschilik
an‘analariga xosligi va keynschilik fundamentiga asoslanganini aniqligini tan olgan,
ammo, shu bilan birga keynschilik modelining investitsiyalar va iqtisodiy dinamikaga
tegishli qismiga o‗z hissasini qo‗shganligini ta‘kidlab o‗tgan.
Oldindan o‗rnatilganidek, Dj.Keyns tizimida daromadlarning shakllanishi
investitsiya funksiyasi hisoblanib, ular multiplikator samarasi orqali yalpi talab va
bandlikni oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, Dj.Keyns davlat xarajatlariga, ayniqsa
ularning jamoat ishlarini amalga oshirish bilan bog‗liq qismiga (yo‗l, ko‗prik qurish
va boshqalar) alohida e‘tibor qaratgan.
Nega u ommaviy bozor mahsulotlari ishlab chiqarishga, masalan avtomobillar,
kir yuvish mashinalari yoki mebel ishlab chiqarishga e‘tibor qaratmagan? Chunki,
qayta ishlab chiqarish (samarasi) talabni hosil qilish bozorga ortiqcha tovar massasini
chiqarishdan ko‗ra muhim edi. Shuning uchun Dj.Keyns investitsiyalarning tovar
taklifiga ta‘sirini o‗z tahlilidan qolgan ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligini tahlil
qilgan holda ham shunday qildi. (yangi zavodlarga investitsiya qilishga mavjudlari
turganda hojat yo‗q).
Aynan shu punktda E.Domar, Dj.Keyns nazariyasiga aniqlik va qo‗shimcha
kiritdi – unda investitsiyalar nafaqat daromadlarni shakllantirish, balki quvvatlarni
yaratish, ishlab chiqarishni va tovarlar taklifini rivojlantirish omili hamdir. Bu orqali
E.Domar investitsion jarayonning ikki xilligiga e‘tibor qaratdi, uning fikricha, milliy
50
daromadning muvozanatli o‗sish modeli mohiyati ham shundan iborat. Boshqacha
aytganda, u iqtisodiyotning muvozanatlashgan holatidan kelib chiqqan (ya‘ni, umumiy
talabni ifodalovchi ishlab chiqarish quvvatlariga teng bo‗lganda).
Undan keyin E.Domar quyidagi savolni qo‗ydi: agar investitsiyalar ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirsa va shu bilan birga qo‗shimcha daromadlarni
shakllantirsa, unda daromad o‗sishi sur‘ati ishlab chiqarish quvvatlari o‗sishi
sur‘atlariga teng bo‗lishi uchun investitsiyalar qanday o‗sishi kerak? Bu savolga
javob berish uchun E. Domar uchta tenglamalar tizimini tuzdi:
1)
taklif tenglamasi;
2)
talab tenglamasi;
3)
taklif va talab tengligini ifodalovchi tenglama.
1.
Taklif tenglamasi investitsiyalar hosil qiladigan ishlab chiqarish quvvatlari
o‗sishini ko‗rsatadi.
Yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga olinadigan ishlab chiqarish
o‗sishi
Dostları ilə paylaş: |