O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "Kompyuter tizimlari" kafedrasi
Fan:“KOMPYUTER TARMOQLARI” MAVZU:Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish Guruh : TT 21-04 Talaba: Abdujalilov R Rahbar : HAMIYEV A
Samarqand 2023 MAVZU: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish 1-AMLIY TOPSHIRIQ: 2 ta shaxsiy kompyuter, 2ta notebook,konsentrator va kommutator orqali LAN tarmog’ini quring 2-AMALIYB TOPSHIRIQ: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT: Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi. Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi. Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan:
File menyusi tarmoq topologiyasini tavsiflovchi faylni saqlash va ochish buyruqlarini o„z ichiga oladi;
Edit menyu ostisi ishchi maydondagi tasvirni tahrirlash imkonini beruvchi buyruqlarini o’z ichiga oladi;
Options menyu ostisi ishchi maydon sozlamalari uchun xizmat qiladi;
View menyu ostisi foydalanuvchi interfeysi parametrlarini sozlash
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta‟minlash imkonini beradi;
Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni ko’rish yoki Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko’rish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat. Menyular satri ostida yuqori uskinalar paneli joylashgan. Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko„p qo„llaniladigan buyruqlaridan tashkil topgan yorliqlardan iborat:
Custom Devices Dialog – qurilma modelining foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi dasdturni chaqirish; Yuqori uskunalar panelining ikkinchi qatoridan quyidagi qurilmalar joy olgan:
Logical/Physical – ishchi maydon rejimini o„zgartirish;
Root / Back – klasterni kichraytirish va kengaytirish tugmasi;
New Cluster – qurilmalarni bitta guruhga (klasterga) birlashtirish tugmasi;
Move Objects – klasterdagi obyektni surish;
Set Tided Background – fon rasmini tanlash tugmasi;
Viewport – ishchi maydonni kichiklashtirilgan masshtabda ko’rsatish tugmasi. Ishchi maydonni tasvirlash rejimini o‘zgartirguch ikki xil holatga ega:
Logical Workspace – ishchi maydonda kompyuter tarmog’ining topologiyasini
tasvirlash;
Physical Workspace – ishchi maydonda tarmoq qurilmalarining fizik joylashish modelini tasvirlash. Uskunalar paneli ostida ishchi maydon va o’ng tomon uskunalar paneli joylashgan. Ishchi maydon kompyuter tarmog’i modelini qurish va modellashtirish jarayonini vizual kuzatib borish uchun xizmat qiladi. O‘ng panel ishchi maydondagi oyektlarni ko’chirish, nusxalash va tozalash imkonini beruvchi uskunalardan iborat. O’ng panelda quyidagi tugmalar joylashgan:
Select – obyektni tanlash;
Place Note – izoh qo’yish;
Delete – obyektni o’chirish;
Inspect – obyekt parametrlarini ko’rish;
Draw a Polygon – shakl chizish;
Resize Shape – maydon hajmini o’zgartish;
Add Simple PDU – oddiy paket yuborish (icmp protokoli paketi);
Add Complex PDU – murakkab paket yuborosh. Ishchi maydon ostida quyi uskunalar paneli joylashgan bo’lib, gorizontal tugmalar qatoridan tashkil topgan va uning ostida maxsus maydonlar qatori joylashgan. Quyi uskunalar paneli quyidagi tugmalardan iborat:
Power Cycle Devices - quvvatni qayta tiklash natijasida barcha tarmoq uskunalarini bir vaqtning o'zida qayta ishga tushirishni simulyatsiya qiladigan tugma;
Fast Forward Time – modellashtirish jarayonini qisqa vaqtga tezlashtirish tugmasi;