41
Takror ishlab chiqarish omillari tahlili shuni ko‗rsatadiki, ma‘lum
davrlarda
milliy daromad mavjud asosiy fondlar miqdorlariga bog‗liq bo‗lsa, shu davrda asosiy
fondlarning o‗zlari ham milliy daromadning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiy o‗sish va uning omillari o‗rtasida bir martalik bog‗liqliklar ham
mavjudligini taxmin qilinadi. Masalan, shu davrda milliy daromad miqdori mehnat
sarfining miqdori va sifati bilan belgilansin.
Ikkinchi tomondan, mehnat sarfi ham
milliy daromaddan alohida amalga oshirilmaydi. Bunda birinchi holda bog‗liqlikning
ishlab chiqarish va ikkinchi holda esa taqsimot tomoni ta‘kidlanadi (2-jadval).
2-jadval
Takror ishlab chiqarish omillari va iqtisodiy o‗sish o‗rtasidagi oddiy va murakkab
bog‗liqliklar shakllarining asosiy xususiyatlari
Eng asosiy
xususiyatlar
Bog„liqliklar xususiyatlari
Bir tomonlama
Ko„p tomonlama
Bog‗liqliklarning asosiy ma‘nolari
Yo‗naltirilgan bog‗liqlik
Bir tomonlama
Ko‗p tomonlama
Bog‗liqlikning vaqtli xususiyatlari
Vaqtiga mos kelmaydi
Bir vaqtda
Bog‗liqliklar ma‘nosi
Texnik-iqtisodiy
Ijtimoiy-iqtisodiy
Bog‗liklik shakllari
Sabab-oqibat
Birga faoliyat ko‗rsatuvchi
Amalda qo‗llashga yaroqligi
Bog‗liqlikni oddiy ko‗rinishda bera
oladimi
Ha
Yo‗q
Takror ishlab chiqarishning bir va ko‗p omilli iqtisodiy o‗sish
konsepsiyalari
ko‗rilganda, iqtisodiy o‗sish va uning omillari o‗rtasidagi bog‗liqliklarni xarajat-
ishlab chiqarish shaklidagi bir tomonlama bog‗liqliklar ko‗rinishida qaray olmaydi.
Haqiqatan ham bunda omillar iqtisodiy o‗sishni turli yo‗nalishlarini
ifodalaydi,
iqtisodiy o‗sish va uning yo‗nalishlarini bir va vaqtli ko‗p yo‗nalishli bo‗lib, birga
faoliyat ko‗rsatadi.
Takror ishlab chiqarish hamda uning omillari va xususiyatlari o‗rtasidagi
chambarchas emas, balki ularning yuzaga kelish sabablarini
ham tahlil qilish talab
qilinadi. Takror ishlab chiqarishning omilli iqtisodiy o‗sishni oddiy iqtisodiy o‗sish
konsepsiyasi va ko‗p ko‗rsatkichli va ko‗p omilli iqtisodiy o‗sishni murakkab
iqtisodiy o‗sish konsepsiyasi deyiladi.
42
Takror ishlab chiqarish va iqtisodiy o‗sish omillari o‗rtasida bo‗ladigan farqlar
sababli oddiy konsepsiya omillari iqtisodiy o‗sishdan
ilgari yuzaga keluvchi bir
taraflama bog‗liqliklarni ifodalaydi. Bunda bog‗liqlik tushunchasi faqat iqtisodiy
ma‘noga ega bo‗lganligi sababli, bu bog‗liqliklar vaqt
davomida bir tomonlama va
bir-biriga to‗g‗ri kelmaydigan va eng muhimi bog‗liqlikning xarajat-ishlab chiqarish
ko‗rinishidagi texnik shaklini ifodalaydi.
Yuqoridagi ko‗rsatilgan afzallikdan tashqari oddiy konsepsiya qator
kamchiliklarga ham ega. Uning birinchi va eng asosiy kamchiligi - u iqtisodiy o‗sish
va uning omillari o‗rtasidagi bog‗liqliklarni faqat ishlab
chiqarish korxonalari
darajasida ko‗rib, butun milliy iqtisodiyot darajasida ko‗ra olmaydi. Ular uchun
mehnat va asosiy fond ishlab chiqarishni tashkil qilish va ma‘lum natijalarga erishish
sharti hisoblanadi. Bu bog‗liqliklar butun iqtisodiyot uchun ayrim xususiy hol sifatida
qaraladi.
Bir xil sarfda ham, milliy iqtisodiyotning o‗sish darajasi taqsimotdagi
farqlar sababli har xil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: