43
Tugaydigan tabiiy resurslar o‗z navbatida 2 guruhga bo‗linadi.
1. Tiklanadigan resurslar.
2. Tiklanmaydigan resurslar.
Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo‗linishi) quyidagi 1-rasmda ko‗rsatilgan.
1-rasm. Tabiiy resurslar tasnifi
Foydali qazilmalar guruhiga ma‘danli va ma‘dansiz metallar, neft, gaz, ko‗mir,
torf va yer osti suvlari kiradi. Ular insoniyat uchun yoqilg‗i
va energiya manbalari
hisoblanadi. Ulardan foydalanish yildan-yilga ortib bormoqda. Agar so‗nggi 25 yil
mobaynida dunyoda ko‗mirga bo‗lgan talab 2
marotaba, kaliy,
marganets va fosfor
tuzlariga 2-3 marotaba, temirga 3 marotaba, neft va gazga 6 marotaba oshgan bo‗lsa,
shu davr mobaynida aholining o‗sishi 40% ni tashkil etdi.
Respublikamizda 33 ta nodir metallar va 32 ta
rangli metallar konlarining
xomashyolari hisobiga 16 ta tog‗-metallurgiya korxonalari faoliyat ko‗rsatmoqda.
Mamlakatimiz miqyosida 27 ta oltin va kumush konlari mavjud bo‗lib, shundan 16 ta
oltin va 3 ta kumush konlari aniqlangan. Hozirgi paytda Muruntov, Marjonbuloq va
Qalmoqqir kabi 7 ta oltin konlari ishlatilib kelinmoqda.
Faqat Muruntov oltin
konidan yiliga 50-55 tonna sof oltin olinadi. Nodir metallarning aniqlangan zaxiralari
ishlab turgan korxonalarning 20-30 yil ishlashini ta‘minlanishi mumkin.
Olmaliq
tog‗-metallurgiya
kombinatining
asosiy
xomashyo
bazasini
Qalmoqqir, Saricheku,
Uchquloch, Qo‗rg‗onshikon
va boshqa mis-molibden va
qo‗rg‗oshin-rux konlari tashkil etadi. Ushbu konlarning ma‘danlari tarkibida misdan
Sifat
Miqdor
Dostları ilə paylaş: