51
bu yerda:
1
- multiplikator.
Agar
I
Q
taklif tenglamasini
I
Y
talab tenglamasi bilan solishtirsak,
unda taklif tenglamasida umumiy investitsiyalar ishtirok etishini sezamiz, qachonki
talab tenglamasida faqatgina oldingi davrga nisbatan investitsiyalarning o‗sishi
ishtirok etadi.
Buning sababi shundaki, ishlab chiqarishning o‗sishi (
Q
)
umumiy
kapitalning unumdorligi bilan ta‘minlanadi, daromadning o‗sishi (
Y
)
esa -
faqatgina
qo‗shimcha kapital qo‗yilmalarining multiplikator ta‘siri bilan ta‘minlanadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlari o‗sishi sur‘atlarining muvozanat
tenglamasiga
I
I
1
bo‗lganda erishiladi.
Bu tenglama yechimi orqali quyidagi natijaga ega bo‗lamiz.
I
I
.
Tenglamaning chap qismida investitsiyalarning yillik o‗sish sur‘ati turadi, u
ishlab chiqarish quvvatlarining o‗sishi yordamida to‗liq bandlikni ta‘minlash uchun
yillik sur‘at bilan o‗sishi lozim.
Shunday qilib, Domar modeli investitsiyalar doimiy o‗sishi lozim bo‗lgan
sur‘atni aniqlash imkonini beradi. Bu sur‘at milliy daromadda jamg‗armalar ulushi va
investitsiyalarni o‗rta samaradorligi bilan to‗g‗ri bog‗langan. Masalan, agar
jamg‗arishga moyillik
%
20
teng bo‗lsa, kapitalni unumdorligi esa
%
33
,
kapitalni balanslashgan o‗sish meyori 6,6% tashkil etish kerak.
066
,
0
33
,
0
2
,
0
I
I
yoki
%
6
,
6
.
Bundan iqtisodiy siyosat uchun muhim xulosa kelib chiqadi: faqatgina
kapitalning doimiy o‗sayotgan akkumulyatsiyasiga jamiyat masshtabida yalpi talab
va yalpi taklif o‗rtasidagi dinamik muvozanatni ta‘minlaydi. Investitsiyalarning
muvozanatli o‗sishini ta‘minlab turish uchun davlat milliy daromaddagi jamg‗armalar
ulushiga yoki texnik taraqqiyot sur‘atlariga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Iqtisodiy o‗sishning R.Xarrod modeli. Oldin ta‘kidlaganimizdek, tarkibi
bo‗yicha bu model E.Domar modeliga o‗xshaydi, biroq uning o‗ziga xos
52
xususiyatlari bor. E.Domar modeli investitsiyalarning yalpi talabni kengaytirish va
ishlab chiqarish quvvatlarining vaqt oralig‗ida ko‗payishdagi
ikki xil rolini tahlil
qiladi. Shuning uchun u butunligicha multiplikatordan foydalanishga asoslanadi va
milliy daromadning zaruriy o‗sishini ta‘minlaydigan investitsiyalarning o‗sish
me‘yorini aniqlaydi.
R.Xarrod modelining maqsadi esa iqtisodiyot o‗sishning traektoriyasini
o‗rganish hisoblanadi. Shuning uchun uning asosini akselerator nazariyasi tashkil
etib, u investitsiyalar o‗sishini bunga sabab bo‗lgan daromad o‗sishiga nisbatini
aniqlash imkonini beradi.
Bunday xususiyatlardan
shu natija kelib chiqadiki, E.Domar davlat siyosati
bilan bog‗liq bo‗lgan avtonom investitsiyalar bilan ish olib borgan bo‗lsa, R.Xarrod
esa - milliy daromad o‗sishi bilan bog‗liq ishlab chiqarish investitsiyalari bilan ish
olib borgan.
Akselerator nazariyasi – investitsiyalarning kutilayotgan ishlab chiqarish hajmi
o‗zgarishiga bog‗liqligini tavsiflovchi nazariyadir. Akselerator tamoyili dastlab
davrlar nazariyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‗lib, investitsiyalarning iste‘mol talabi
harakatiga reaksiyasi orqali iqtisodiy inqirozlarni tavsiflagan. Bunday bog‗liqlikda
akselerator nazariyasini XX asr boshida fransuz iqtisodchisi A.Aftalen va amerikalik
iqtisodchi Dj.Klark rivojlantirishgan. Bu nazariyaga muvofiq talabning (yoki
daromadlarning) o‗sishi investitsiyalarning o‗sish darajasiga tezlashtiruvchi
(akselerator) sifatida ta‘sir etadi, (avvalambor asosiy kapital sohasida).
Yangi
investitsiyalar ishlab chiqarish hajmi (daromadlar)ga nisbatan tezroq o‗sishi taxmin
qilinadi, chunki mashinaning qiymati uning tayyor mahsulot qiymatidan odatda
ancha yuqori bo‗ladi, demak, ishlab chiqarish qatnashchilari daromadlaridan ham
yuqori bo‗ladi. Shuning uchun ham investitsiyalarga bo‗lgan talab iste‘mol talabining
o‗sishiga nisbatan doimo yuqori bo‗ladi. Gap shundaki, o‗sib borayotgan iste‘mol
talabi mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish quvvatlariga ta‘sir ko‗rsatib,
nafaqat mavjud
quvvatlar modernizatsiyasiga, balki yangi sanoat korxonalari va uskunalariga kapital
qo‗yilmalarini rag‗batlantiradi.
53
Faraz qilaylik, qandaydir korxona o‗zining mahsulotiga mavjud talabni 10 ta
mashinadan foydalanib qondiradi, ulardan bittasi har yili yangisi bilan almashtiriladi.
Agar talab 20% ga oshsa, korxona bu talabni qondirish uchun 2 ta yangi mashina sotib
olishi kerak bo‗ladi. Shunday qilib, akselerator ishlab chiqarish o‗sishi bilan
investitsiyalar o‗sishi o‗rtasidagi bog‗liqlikni ko‗rsatadi:
ishlab chiqarish hajmi
o‗zgarishiga javob ravishda yangi investitsiyalar qanchaga o‗sashini ko‗rsatadi.
Ishlab chiqarish va investitsiyalar darajalarida o‗zgarishlarning bunday teskari
bog‗liqligi Dj.Keynsda umuman yo‗q edi. U investitsiya va daromadlar o‗rtasida
multiplikator munosabati bilan cheklandi.
1
Dostları ilə paylaş: