69
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi
natijasida dividend, renta,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko‗rinishidagi
daromadlar paydo bo‗ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko‗rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada,
daromadlarni quyidagi komponentlarga bo‗lish ko‗zda tutiladi:
- amortizatsiya (
A
);
- bilvostia soliqlar (
T
);
- yollanma ishchilarning ish haqlari (
W
);
- ijara haqi to‗lovi va renta ko‗rinishidagi daromadlar (
P
1
);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (
P
2
);
- mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (
R
1
);
- korporatsiya foydasi (
R
2
).
Korporatsiyalar foydasi o‗z navbatida quyidagilarga bo‗linadi:
a) korporatsiya foydasidan to‗lanadigan soliqlar (
R
1.1);
b) hissadorlar o‗rtasida taqsimlanadigan dividendlar (
R
1.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi (
R
1.3).
Keltirilgan yondashuvga ko‗ra:
YaIM (
Y
) =
A
+
T
+
W
+
P
1 +
P
2 +
R
1 +
R
2.
Xarajatlar va daromadlar ko‗rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o‗zaro
mos keladi. Chunki, milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt
tomonidan qilingan har
qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bo‗lib tushadi.
Milliy hisoblar tizimiga ko‗ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun
YaIM ko‗rsatkichidan boshqa yana bir qator ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Bu
ko‗rsatkichlar jumlasiga yalpi milliy daromad (YaMD) ko‗rsatkichi ham kiradi. Bu
ko‗rsatkich MHTning oldingi ko‗rinishida hisoblangan
yalpi milliy mahsulot
(YaMM) ko‗rsatkichi bilan mohiyatan bir xildir.
YaMD - mamlakat rezidentlari mamlakatda va mamlakat
tashqarisida ishlab
chiqarishda ishtirok etishdan va mulkdan olgan boshlang‗ich daromadlari yig‗indisi.
YaIM va YaMD ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi
farqni quyidagi formula
ko‗rinishida tasavvur etish mumkin: