84
Iqtisodiy o‗sishga taqsimlash omillari ta‘sir qiladi.
Ishlab chiqarish
potensialidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy
jarayonga to‗liq jalb qilingan bo‗lishi, balki juda samarali ishlatiliish ham zarur.
Resurslarniig o‗sib boruvchi hajmidan real foydalanish
va ularni kerakli
mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ҳam zarur bo‗ladi.
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir ko‗rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‗zaro bog‗liq
va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‗sishi va sifatining
yaxshilaniigi, texnologiyani takomlllashtirish iqtisodiy o‗sish
uchun imkoniyat
yaratadi. To‗liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‗sishni ruyobga
chiqaradi.
Iqtisodiy o‗sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‗z o‗rniga ega bo‗lsada,
bu muammoni tahlil qilishda asosiy e‘tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Taklif
omillarining iqtisodiy o‗sishga ta‘sir qilishi quyidagicha (1-rasm).
1-rasm. Real mahsulot o‗sishini aniqlab beruvchi omillari
1-rasmdan ko‗rish mumkinki, real mahsulot ikki usulda ko‗paytirilar ekan:
1)
resurslarning ko‗proq hajmini jalb etilishi;
2)
ulardan ancha unumli foydalanish yo‗li bilan.
Mamlakatning iqtisodiy o‗sish sur‘atini xarakterlovchi ko‗rsatkichlar (real
YaMM va aholi jon boshiga real YaMMning o‗sishi) miqdoriy ko‗rsatkichlar bo‗lib,
ular:
- birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‗liq
hisobga olmaydi va shu
sababli farovonlikniig haqiqiy o‗sishini to‗liq, xarakterlab bera olmaydi;
- ikkinchidan, real YaMM va aholi jon boshiga YaMMning o‗sishi bo‗sh
vaqtning sezilarli ko‗payishini aks ettirmaydi va farovonlik
real darajasining
Dostları ilə paylaş: