81
Ushbu asosda zamonaviy iqtisodiy rivojlanishning yangi sifati mazmuni ochib
beriladi, u texnologik tartiblar almashuvi, texnologik taraqqiyotning ekzogen
rivojlanish omilidan endogen omilga aylanishi, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni va
natijalariga intellektual
mehnat ulushning ortishi, shuningdek, u zamonaviy
texnologiyalarning nomoddiy ishlab chiqarish sohasiga jadal kirib kelishi
umumiqtisodiy tendensiyalarini aks ettiradi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‗p omilli va shu bilan birga ziddiyatli
jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi
chiziq bo‗yicha ro‗y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‗z ichiga yuksalish va inqiroz
davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‗zgarishlarni, ijobiy va salbiy tamonlarni
olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish
qiyin aniqlanadigan jarayon
bo‗lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo‗lgan iqtisodiy o‗sish ko‗proq tahlil
qilinadi. Iqtisodiy o‗sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‗lib, o‗z ifodasini
real YaMM (YaIM) hajmining va uning aholi jon boshiga ko‗payishida topadi.
Mahsulotning o‗sish sur‘ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining
o‗zgarishi o‗rtasidagi nisbat iqtisodiy o‗sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini
belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o‗sishga ishlab chiqarishping avvalgi mexnikaviy asosi
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‗payishi tufayli
erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‗paytirish uchun mavjud
korxona bilan bir qatorda o‗rnatilgan uskunalarning quvvati,
miqdori va sifati
bo‗yicha, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‗yicha xuddi o‗shanday yana bir
korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishchda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab
chiqarish samaradorligi o‗zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‗sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada
progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‗llash, ishchi kuchi
malakasini oshirishi, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq
foydalanish yo‗li bilan erishiladi. Intensiv yo‗l ishlab
chiqarishga jalb etilgan
82
resurslarning har bir-birligidan olinadigan samara, pirovard mahsulot miqdorining
o‗sishida, mahsulot sifatining oshishida o‗z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab
chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxonaga teng bo‗lgan yana bir
korxona qurishga hojat yo‗q. Bu natijaga ishlab turgan korxonani rekonstruktsiya
qilish va texnik qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish
hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv
va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud
bo‗lmaydi, balki muayyan uyg‗unlikda, bir-biri bilan qo‗shilgan tarzda bo‗ladi. Shu
sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‗sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‗sish murakkab va ko‗p qirrali jarayondir. Shu sababli uni baholash
uchun qandaydir bitta ko‗rsatkich kifoya qilmaydi, muayyan ko‗rsatkichlar tizimi
talab qilinadi. Bu ko‗rsatkichlar tizimida jismoniy va qiymat ifodasidagi
ko‗rsatkichlar farqlanadi.
Iqtisodiy o‗sish ko‗rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya
ta‘siriga berilmaydi), lekin unversal emas (iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini hisoblashda
har xil ne‘matlar ishlab chiqarishni umumiy ko‗rsatkichga keltirish qiyin). Iqlim
ko‗rsatkichlari keng qo‗llaniladi, ammo ҳar doim xam uni inflyatsiyadan to‗liq
«tozalash» mumkin bo‗lavermaydi. Shu sababli iqtisodiy o‗sish sur‘atlari
qiyosiy
yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiy o‗sishish asosiy qiymat ko‗rsatkichlari
quyidagalar hisoblanadi:
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromad hajmining real ko‗payishi;
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning aholi jon boshi hisobiga o‗sishi;
-
YaMM (SMM) yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi
hisobiga ortishi;
Iqtisodiy o‗sishni aniqlashda har uchala ko‗rsatkichdan ham foydalanish
mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Masalan: agar diqqat markazida iqtisodiy
salohiyat muammosi tursa, birinchi ko‗rsatkichdan aniqlash ko‗proq mos keladi.
Alohida mamlakat va hududlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda,
83
ko‗proq ikkinchi ko‗rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda
uchinchi ko‗rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o‗sish foizda o‗sishniig yillik sur‘ati sifatida aniqlanadi.
Masalan, agar o‗tgan yili real YaMM 60 mlrd. so‗mni va joriy yilda 70 mlrd. so‗mni
tashkil qilgan bo‗lsa, o‗sish sur‘atini joriy yildagi real YaMM hajmiga bo‗lish yo‗li
bilan aniqlash mumkin. Bu holda o‗sish sur‘ati 16,6% ni (70/60*100) tashkil qiladi.
Iqtisodiy o‗sishning alohida tomonlarnni xarakterlovchi ko‗rsatkichlari ham
mavjud bo‗lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi,
mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab
chiqaruvchi
kuchlar
darajasi
quyidagi
ko‗rsatkichlar
bilan
xarakterlanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya‘ni uning unumdorligi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‗rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, kooperatsiyasi va
ixtisoslashtirilishi.
Iqtisodiy o‗sishning jahon amaliyotida keng qo‗llaniladigan boshqa
ko‗rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‗yicha
hisoblab chiqilgan, YaMM ko‗rsatkichi asosida tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: