Nazorat savollari
1. Bir va ko‗p o‗lchamli o‗sishning qiyosiy tahlili nimadan iborat?
2. Iqtisodiy o‗sish va rivojlanishning ekonometrik modellarini tushuntiring.
3. Milliy daromad va iqtisodiy o‗sish nima?
4. Iqtisodiy o‗sish va rivojlanishga xarakteristika bering.
5. Ishlab chiqarish funksiyalarining qanday turlari mavjud?
Q
s
Q
D
Q
0
Q
P
P
1
P
0
Q
1
Q
S
1
Q
s
Q
S
1
Q
D
Q
0
Q
P
P
0
Q
1
P
1
A
Q
s
Q
S
1
Q
D
Q
0
Q
P
P
2
P
0
Q
1
P
1
B
C
100
6. Mehnat unumdorligini tushuntirib bering?
7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda nimani tushunasiz?
8. Ishlab chiqarish funksiyasi yordamida nimani aniqlash mumkin?
9. Iqtisodiy muvozanat nima?
10. Muvozanat modellarining qanday turlari mavjud?
101
V bob. BIR OMILLI VA KO„P OMILLI IQTISODIY RIVOJLANISh
MODELLARI
5.1. Ishlab chiqarishning miqdoriy o„zgarishi.
5.2. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga investitsiyalar.
5.3. Ishlab chiqarishdagi sifat o„zgarishlar.
5.4. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati.
5.5. Bir omilli empirik modelda mehnat omili.
5.6. Ko„p omilli iqtisodiy rivojlanish modelida omillar to„plami.
5.1. Ishlab chiqarishning miqdoriy o„zgarishi
Iqtisodiy adabiyotlarda butun ishlab chiqarishni iqtisodiy samaradorligiga baho
berish masalasi keng yoritilgan. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi
nazariyasini tadqiq qilish bilan ko‗plab olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borishgan. Shunga qaramay, uning ayrim jihatlari chuqur tadqiq qilinmasdan,
munozaraligicha qolmoqda. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat
samaradorligini miqdoriy yondashuvlar asosida baholash haqidagi masalalar shular
jumlasidandir.
Iqtisodiy
fanlarning
rivojlanib
borishi
jarayonida
mehnat
samaradorligini baholashda miqdoriy yondashuvlar tadqiq qilingan bo‗lsada, biroq
ushbu tadqiqotlarda mavjud miqdoriy yondashuvlarning mohiyati va o‗zaro
samaradorlik ko‗rsatkichlarini taqqoslash masalalari tadqiqot obyekti sifatida tadqiq
etilmagan.
Mehnat samaradorligini miqdoriy yondashuvlar asosida baholash, ularning
barchasi umumiy bo‗lgan belgilari bo‗yicha bir-biridan farq qiluvchi ―resurs-sarf‖ va
―maqsadga yo‗naltirilganlik‖ yondashuvlarga bo‗linadi. Quyida ularning mohiyati va
mazmunini batafsil tahlil qilib chiqamiz.
Birmuncha keng tarqalgan ―resurs-sarf‖ yondashuvda mehnat samaradorlikni
o‗lchash unumdorlik ko‗rsatkichlaridan foydalanish orqali ifodalanadi. ―Resurs-sarf‖
yondashuvi orqali mehnat samaradorligini baholashda mehnat unumdorligi
ko‗rsatkichlaridan foydalanishda unumdorlik va samaradorlik tushunchalarining
102
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko‗ra turli xil kategoriyalar ekanligi hisobga olinmog‗i
lozim. Agar unumdorlik tushunchasi faqat ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‗liq
bo‗lsa, samaradorlik shu faoliyat natijasi bilan aniqlanadi. Resurs-sarf yondashuvi
doirasida unumdorlik va samaradorlikning o‗zaro bog‗liqligining asosiy sababi
shundaki, bu yondashuv XIX asrning boshlarida, ya‘ni industrial iqtisodiyotning
shakllanishi va rivojlanishi sharoitida vujudga kela boshlagan. Albatta, bu holda
resurslar yondashuvi moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish ommaviy standartlash
asosida samaradorlikni baholash masalasini nazarda tutadi. Bunda asosiy maqsad
bo‗lib ―eng kam sarf qilib yuqori xo‗jalik foydasiga erishish‖ hisoblanadi. Mazkur
maqsaddan kelib chiqqan holda shuni qayd etishimiz mumkinki, industrial iqtisodiyot
sharoitida moddiy ishlab chiqarish asosiy ahamiyatga ega bo‗lgan. Natijada bu
yondashuvga asosan har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi - maksimal
foyda olish hisoblanadi. Yana shuni ta‘kidlash mumkinki, XX asrning boshlarida
ham kam sarflar evaziga yuqori foyda olish samarali faoliyatning asosiy maqsadi,
balki iqtisodiyot nazariyasi fanining ham birlamchi maqsadi hisoblangan.
Mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsuldorligi iqtisodiy
makonning bir-birini to‗ldirib turuvchi parametrlaridir. Chunki, ular ayni bir o‗sha
obyektning – ishlab chiqarilgan mahsulotini turli tomondan, ya‘ni jonli mehnatni
tejash, ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish va jamiyat ehtiyojini mumkin qadar
qondirish tomonidan ko‗rib chiqadi. Iqtisodiy makonning aniqlangan parametrlari
tabiiydir, chunki ular iqtisodiy hodisalar mohiyati va tabiatini aks ettiradi. Shunday
qilib, resurs-sarf nuqtai nazaridan mehnat samaradorligi va mehnat unumdorligini
tahlil qilishda bir xil ko‗rsatkichlar sifatida tadqiq etiladi. Shuning uchun resurs-sarf
yondashuvi bo‗yicha mehnat samaradorligini baholashda unumdorlik ko‗rsatkichlari
tizimiga to‗xtalish maqsadga muvofiq.
Ushbu unumdorlik ko‗rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish omillari nazariyasi
asosida amal qiladi. Mazkur nazariyaga muvofiq unumdorlikning asosiy vazifasi -
minimal sarflar asosida maksimal natijalarga erishish hisoblanadi. Bunga ko‗ra
unumdorlikni umumiy formulasi quyidagicha:
U
rs
=
M
ich
/
C
,
(1)
103
bu yerda:
U
rs
– resurs-sarf yondushuvida unumdorlik;
M
ich
– mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
C
– qilingan sarf miqdori.
Mazkur ko‗rsatkichni hisoblashda bir-biridan farqlanuvchi uch turdagi
unumdorlikni ajratib ko‗rsatishimiz mumkin: xususiy unumdorlik, umumiy
unumdorlik, ko‗p omilli va ishlab chiqarish omillarining yalpi unumdorligi.
Xususiy unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foydalaniladigan bir
resursni pirovard natijaga nisbatan tavsiflaydigan ko‗rsatkich. Bu ko‗rsatkich ishlab
chiqarishning bir omilli samaradorligini namoyon etadi.
Umumiy unumdorlik – ishlab chiqarish omillari sifatida bir necha resurslarni
pirovard natijalariga nisbatan tavsiflovchi ko‗rsatkich. Mazkur ko‗rsatkich ishlab
chiqarish omillarining samaradorligini ifodalaydi.
Yalpi unumdorlik – ishlab chiqarish omili sifatida foylanadigan barcha
resurslarni barcha pirovard natijaga nisbatini tasniflaydigan ko‗rsatkich bo‗lib, yalpi
faoliyat samaradorligini ifodalaydi.
Shuni e‘tirof etish mumkinki, yalpi, umumiy va xususiy unumdorlik qabul
qilingan ko‗rsatkichlar bo‗lib, ishlab chiqarishning barcha darajalarida, ya‘ni tarmoq,
soha, hudud yoki alohida korxona miqyosida foydalanish mumkin.
Unumdorlikni hisoblashda xususiy unumdorlik ko‗rsatkichini hisobga oluvchi
ishlab chiqarishning uch omili (mehnat, kapital va materiallar) asosida aniqlanadi (1-
jadval).
Hozirda amal qilayotgan unumdorlik ko‗rsatkichlari turlicha bo‗lib, tarkibiga
mehnat unumdorligi, material qaytimi, fond qaytimi, rentabellik kabilarni qamrab,
ularni hisoblash yagona tamoyil asosida ishlab chiqarish natijalarini sarflarga nisbati
asosida (1-formula asosida) amalga oshiriladi.
Quyidagi 1-jadval ko‗rsatkichlar tasnifi ishlab chiqarish natijalarini (ishlab
chiqarish hajmi, foyda, qo‗shilgan qiymat) hamda ishlab chiqarish omillari mezon
asosida turli xil variantlardan foydalanish bo‗yicha tuzilgan.
Ushbu tasnifda unumdorlik qiymat va natural ko‗rinishida ifodalangan.
104
1-jadval
Ishlab chiqarish omillari unumdorligining asosiy ko‗rsatkichlari
Natija,sarflar
Dostları ilə paylaş: |