Ishlab chiqarish
hajmi (birlikda)
Daromad (so‗m)
Foyda (so‗m)
Qo‗shilgan qiymat
(so‗m)
Sarflar (so„m)
Jami unumdorlik
Jami omilli
unumdorlik
Rentabellik
(foydali jami
unumdorlik)
Qo‗shimcha qiymat
unumdorligi
shundan faqat so„mda
1. Mehnat
sarflari (kishi)
Mehnat
unumdorligi
Mehnat
unumdorligi
Foydali mehnat
unumdorligi
Ishchilar tarkibiga
bog‗liq bo‗lgan
unumdorlik
Mehnat sarflari
(so„m)
Mehnat
unumdorligi
Mehnat
unumdorligi
Foydali mehnat
unumdorligi
Ishchilar kuchiga
bog‗liq bo‗lgan
unumdorlik
Mehnat sarflari
(soat)
Mehnat
unumdorligi
Mehnat
unumdorligi
Foydali mehnat
unumdorligi
Ish vaqtiga bog‗liq
bo‗lgan unumdorlik
2. Asosiy fondlar
sarfi (so„m)
Fond qaytimi
Fond qaytimi
Asosiy
fondlarning
foydali
unumdorligi
Asosiy moliyaviy
kapital unumdorligi
Material sarflar
(birlik)
Material qaytimi
Material qaytimi
-
Aylanma aktivlar
unumdorligi
Material sarflar
(so„m)
Material qaytimi
Material qaytimi
-
Aylanma aktivlar
unumdorligi
Fikrimizcha, resurs-sarf yondashuvining sanoat ishlab chiqarish iqtisodiyoti
sharoitida quyidagilardan iborat:
1. Resurs-sarf yondashuvi industrial iqtisodiyot sharoitida paydo bo‗lgan va u
standart ommaviy ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan.
2. Resurs-sarf yondashuvi nuqtai nazaridan mehnat samaradorligining asosiy
maqsadi – bu minimal xarajatlar hisobiga maksimal standart mahsulotlar yaratishdan
iborat, ya‘ni iqtisodiy maqsadlardan iborat.
3. Resurs-sarf yondashuvi doirasida amal qiluvchi ko‗rsatkichlar asosan
erishilgan natijalarni taqqoslashga qaratilgan.
Shunday qilib, sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat samaradorligini
baholashda resurs-sarf yondashuvidan foydalanish samarali hisoblanadi.
Yuqoridagi tarifga asosan samaradorlik ko‗rsatkichini hisoblashning umumiy
formulasi quyidagicha:
S
my
=
E
n
/
M
n
,
(2)
bu yerda:
S
my
– maqsadga yo‗naltirilganlik yondashuvida samaradorlik;
E
n
–
erishilishi lozim bo‗lgan natija;
M
n
– maqsadli natija.
105
Maqsadga yo‗naltirilganlik yondashuv doirasida samaradorlikni quyidagi
ko‗rinishlarini ajratib ko‗rsatish mumkin:
- tashqi samaradorlik (korxonaning tashqi imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai
nazaridan samaradorlik) – uni hisoblash oldindan rejalashtirilgan natijalarni biror-bir
jarayonni bajarilishi orqali olingan natijalarga nisbati sifatida aniqlanadi;
- ichki samaradorlik (korxonaning ichki imkoniyatlaridan foydalanish nuqtai
nazaridan samaradorlik) – uni hisoblash minimal zarur resurslarni foydalanishga
mo‗ljallangan rejalarga nisbati sifatida amalga oshiriladi;
- umumiy samaradorlik (korxonaning ichki va tashqi imkoniyatlaridan
foydalanish nuqtai nazaridan samaradorlik) – uni hisoblash tashqi va ichki
samaradorlik natijalari ko‗paytmasi asosida aniqlanadi.
5.2. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga
investitsiyalar
Investitsiyalarning ustuvor yo‗nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan
investitsiya qarorlarini qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish
asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni, barcha shart-sharoitlarni hisobga olgan
holda jalb qilish, milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Investitsiya va
sarmoyalar haqida gap borganda, bir muhim masalaga ya‘ni, joylarda iqtisodiyotni
yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi
korxonalarni barpo etish hamda ta‘mirlash uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish
ko‗zda tutiladi. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‗rsatish
sohasi hamda kasanachilikni rivojlantirish nechog‗liq katta, hal qiluvchi ahamiyatga
ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo‗q. Bu avvalambor, aholi bandligi,
uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir-oqibatda respublikamiz hududlari,
shahar hamda tumanlaridagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir.
Bunda albatta sanoat ishlab chiqarishining ulushi nisbatan ko‗proq bo‗lishi
hammaga
ma‘lum. Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash,
xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, respublikaning ortiqcha
106
ishchi kuchi mavjud bo‗lgan mintaqalarda yangi ish o‗rinlarini yaratish dasturlarini
amalga oshirish uchun o‗zak tarmoqlarni rivojlantirishdir.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha xorijiy investitsiyalarning tarkibida ma‘lum
o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 2000- yilda o‗tgan 1999- yilning mos davriga nisbatan
xorijiy investitsiyalar sanoat tarmoqlarida 15,6 foiz daraja kamaygan bo‗lsa, qishloq
xo‗jaligida esa 5,7 foiz darajaga ortgan. Investitsiyaning katta miqdordagi qismini
sanoat tarmog‗iga kiritilishi natijasida, sanoat tarmog‗ida dastlabki besh yil
mobaynida o‗rtacha 117,52 mlrd. so‗mga ortib, YaIM ishlab chiqarishdagi ulushi
o‗rtacha 209,87 mlrd. so‗mni tashkil etgan bo‗lsa, 2012-2017 yillarda bu
ko‗rsatkichlar mos ravishda 676,82 mlrd. so‗m va 2167,62 mlrd so‗mga etdi.
Yuqoridagi yutuqlar bilan birga shuni ta‘kidlash lozimki, 2017 yilda sanoat
ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi joriy bahoda 55472,6 mlrd.
so‗mni tashkil etdi. Sanoat sohasiga kiritilayotgan investitsiyalarning samaradorlik
darajalari 1995-2000 yillarda o‗rtacha 1,68 foizni tashkil etdi va 2012-2017 yillarda
bu ko‗rsatkich 1,24 foizga ortib, 2,86 foizga teng bo‗ldi. Olingan natijalardan
ko‗rinadiki, sanoat tarmog‗iga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish o‗z samarasini
bermoqda.
Tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy sanoat hajmidagi ulushi
6,4%ni tashkil etdi. Shu bois, sanoatga kiritilgan investitsiya miqdori va uning
samaradorligi tahlilini ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 2017- yilda kiritilgan
investitsiya miqdori 1240,5 mlrd. so‗mni tashkil etib, YaIM ishlab chiqarishdagi joriy
baholardagi qiymati 5423,5 mlrd. so‗mga yetdi. 2017- yilda sanoat korxonalariga
kiritilgan investitsiyalarni oshishi natijasida YaIMdagi ulushi 2016- yilga nisbatan
4,4 foizga o‗sdi.
Mamlakatimiz agrar sohaga ixtisoslashgani uchun qishloq xo‗jaligi tarmog‗iga
ham katta ahamiyat berildiki, qishloq xo‗jaligi tarmog‗iga kiritilgan investitsiya
miqdori va YaIM dagi ulushi bo‗yicha o‗zgarish albatta, iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida amalga oshirilgan ishlarning
samarali natijasi deb qarash imkonini beradi.
107
Qishloq xo‗jaligi salmog‗ining 2017- yilda 19,4 foizga qadar pasayishi esa
mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibining takomillashib, unda sanoat, qurilish
va xizmat ko‗rsatish sohalarining ulushi yildan-yilga oshib borayotganligini
anglatadi. Ayni paytda yalpi ichki mahsulot tarkibidagi sof soliqlar hissasining 9,3
foizga qadar qisqarganligi mamlakatimizdagi soliq yukining tobora pasayib
borayotganligi ko‗rsatadi. Bu o‗z navbatida mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bilan
aholini ijtimoiy turmush tarzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga
tadbiq etib borayotganligidan dalolat beradi. Bunday islohotlarni amalga oshirilishi
natijasida 2017- yilda qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 47849,4
mlrd. so‗mni yoki 2016- yilning shu davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil qildi,
jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 18452,5 mlrd. so‗mni (106,4 foiz),
chorvachilik mahsulotlari - 12396,9 mlrd. so‗mni (107,4 foiz) tashkil etdi.
2017- yilning yanvar-dekabrida 15080,8 mlrd. so‗mlik qurilish ishlari bajarilib,
o‗sish sur‘ati 2016- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 116,6 foizni tashkil etdi.
Qurilish ishlari umumiy hajmining 79,5 foizi korxonalarni yangi qurilishi,
rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 19,0 foizi
kapital, joriy ta‘mirlashga va 1,5 foizi boshqa pudrat ishlariga to‗g‗ri keladi.
2017- yil yanvar-dekabrda chakana tovar aylanmasi 47463,7 mlrd. so‗mni yoki
2016- yil yanvar-dekabriga nisbatan 114,8 foizni tashkil qildi. Pullik xizmatlar hajmi
18278,6 mlrd. so‗mni, uning o‗sish sur‘ati 2016 yilning yanvar-dekabriga nisbatan
113,7 foizni tashkil qildi.
Dostları ilə paylaş: |