REJA I BOB. SODDA ANIMATSIYA DASTURLARINI YARATISH
1.1. Adobe Flash dasturi va uning animatsiya yaratishdagi qulayliklari.
1.2.O'qitishda qo'llaniladigan innovatsion texnologiyalar
II BOB SODDA ANIMATSIYA DASTURLARINI YARATISH MAVZUSINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
2.1.O'quvchilarni Adobe Flash dasturi bilan tanishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash
2.2.Adobe Flash dasturi komponentlarini o’rgatishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH Axborot texnologiyalar jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi kunda u bir nechta bosqichlarni bosib o‘tdi. Bu bosqichlarning almashinuvi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning rivojlanishi, ma'lumotlarni qaytaishlashning yangi texnik vositalari paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Insonning bilimdarajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylanmoqda. Jumladan, ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda ya'ni, ta'lim tizimida bugungi kunda Masofadan o‘qitish uslubi qo‘llanilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi bu sirtqi ishning yangi bir usulidir. Masofadan o‘qitish bu mustaqil ish demakdir. Mustaqil ish har bir insonning mustaqil fikrlash, holatini baholash, xulosa va bashorat qilish qobilyatlarini rivojlantiradi. Bugungi kunda insoniyatni huquqiy ongini o‘stirishda, qonun ustivorligini oshirishda, qonunlarni amaliyotda qo‘llanishi, har bir fuqaro o‘zini - huquqini bila olishida, qonunchilikni ya'ni qonun, qaror va farmonlarni xalqimizga, oddiy fuqarolarimizga keng yoritib berishda masofadan o‘qitishning yangi texnologiyalaridan foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Yurtimizda qabul qilinayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan har bir qonunlarni xalqimiz ongiga singdirib borishda, tinglovchilarga ta'lim berishda
masofadan o‘qitish, videokonferensiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tan olish kerakki, hozirgi vaqtda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tobora
susaymoqda. Yoshlarni hozirda kompyuter va u bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar
ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda. Shu borada o‘qitish, ta'lim berish ayni qo‘l keladigan
yo‘nalishdir. Bunda o‘qituvchi kutubxonalardan o‘ziga kerakli bo‘lgan ma'lumotni
izlab qimmatli vaqtini ketgazmaydi. Kompyuter orqali u o‘ziga kerakli ma'lumotni
osongina topib o‘rganishi mumkin. Bu borada ta'kidlab o‘tish lozimki, Internetda
ishlash masalasi yetarli bo‘lishi darkor. Kompyuter va Internet tarmog‘ida ishlash malakasi yuqori bo‘lgan har bir tinglovchi ham, u yerda yozilgan yoki chizilgan ma'lumotni to‘laligicha tushunishi oson emas. Bu borada Internet tarmog‘ida yaratilyotgan elektron usuldagi sahifa yoki o‘quv dasturlari ommabop bo‘lishi, ya'ni hammaga birdek tushunarli bo‘lmog‘I maqsadga muvofiqdir. Internet sahifalari hozirda
Macromedia FLASH, HTML, Java Script, Macromedia Direktor usullarida yozilmoqda va yaratilmoqda. Bu har bir usulning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Agarda biz FLASH dasturi yordamida yaratilayotgan Internet sahifa va dasturlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak , avvalambor uning yaratilishi vaqti qisqa va osondir. Yaratilayotgan mahsulotni har xil animatsiyalar bilan boyitish, o‘quvchi uchun
qulayliklar yaratish va qiziqarli qilish FLASH dasturida ko‘zda tutilgan va ayni
vaqtda asosiy maqsadga muvofiqdir. Lekin ta'kidlab o‘tish joyzki, mahsulotni
FLASH ni yoki boshqa dastur orqalimi, yaratayotgan shaxs, bu borada yetarli
bilimga va fantaziyaga ega bo‘lishi joizdir