Adobe flash dasturida animatsyalar yaratish


MACROMEDIYA FLASH DA ANIMATSIYA YARATISH



Yüklə 267,03 Kb.
səhifə4/13
tarix25.12.2023
ölçüsü267,03 Kb.
#195141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o\'qitishda inno

MACROMEDIYA FLASH DA ANIMATSIYA YARATISH.

Macromedia Flash dasturida animatsiya ikki usulda yaratiladi: kadrli (покадровое создание) va avtomatik (автоматическое создание промежуточных кадров). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini uzgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi. Boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi yaratilgan animatsiya. Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv kadrni yaratamiz va unga belgi qo`shamiz. Masalan, boshqaruv kadrda biror bir shakl (aylana) chiziladi va u grafik tasvir belgi turiga «Вставит» menyusida «Преоброзоват в символ (Convert to Symbol)» buyrig`i yordamida (F8 tugmasi) o`tkaziladi. Yoki « Вставит » menyusida «Новый символ (New symbol)» buyrig`ini (Ctrl+F8 tugmachalar majmuasi) tanlab yangi belgi yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga qo`shamiz. Obe’ktning chegarasini rangini tanlash uchun uskunasidan, asosni ranglash uchun uskunasidan, - chegara va asos rangini almashtirish, o`zaro rang almashish uskunalaridan foydalanamiz.







Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng tomondagi tugma yordamida tanlab «Creat motion tweening» nomli buyrug`ini tanlaniladi. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi ko`k rangga o`zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaniladi, (masalan 25-chi kadrni) va F6 yoki Вставка menyusida ключевой кадр (Insert keyframe) aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish buyrug`ini tanlaymiz. Natijada 25-chi kadrda ko`k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil bo`ladi. Birinchi boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko`k rangda avtomatik xosil qilinadi. Oxirgi xarakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki kadrdagi joylanishini o`zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini bosamiz va yaratilgan animatsiyani ko`rishingiz mumkin. Swf formatga o`tkzib, ko`rish uchun [Ctrl] + [Enter] tugmachalar majmuasi bosiladi. Bu animatsiyadan foydalanish uchun «1-animatsiya.swf» fayli hosil bo`ladi. Shakllar geometriyasini o`zgarishi «shape tweening» asosidagi yaratilgan animatsiyadir. Bu turdagi animatsiyani yaratish uchun boshqaruv kadrlar o`zgarishi «motion tweening» asosidagi yaratilgan animatsiya xosil qilinadi. Faqat endi oxirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o`chirib, uning o`rniga kvadrat chizamiz. Shu xarakatdan keyin kadrlar rangi o`rta rangga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik tasvir belgini [Ctrl]+[B] («изменит» menyusidagi «разделит отделно (Breack appartack)» buyrug`i yordamida alohida shakllarga bo`lib chiqamiz. Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan tanlab «Свойства (Proprties)» yoki [Ctrl]+[F3] yoki Окно menyusining shu nomli buyrug`ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi hosil qilinadi va unda Tweening sohasida Motions o`rniga Shape holatini tanlaymiz. Shu natijasida boshqaruv kadr rangi yashil rangga o`zgaradi. Endi iikinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini Motions dan Shapega o`zgartiramiz va oxirida klaviaturadagi [Enter] tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz mumkin. Yuqoridagi ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar o`rtasidagi masofa kadrlarni kompyuter o`zi avtomatik yaratdi va animatsiya to`g`ri chiziq bo`yicha harakatlandi. Ammo agar bizga harakat biror bir traektoriya bo`yicha bajarilishi kerak bo`lsa, u holda bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun qatlam ustida maxsus xarakat traektoriya qatlamini yaratish kerak bo`ladi. Shu katlamda qalam bilan kerakli traektoriya chizig`i chiziladi. Natijani ko`rish uchun [Enter] tugmasini bosamiz. Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda foydalanish mumkin bo`lgan yana bir effekt mavjud - bu maska qatlami. Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida yangi bo`sh katlam yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chan tugmasi bilan bosib Maska - Mask buyrugini tanlaymiz. Natijada qatlam ko`k rangga o`zgaradi va ikkala qatlamlar o`zgarishlardan ximoyalanadi. Maska qatlamdan shu himoyani uchirib, boshkaruv kadrda bir nechta to`rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska qatlamning himoyasini yoqib klaviaturadagi [Enter] tugmasini bosamiz va natijani ko`ramiz. Maska qatlamdagi boshqaruv kadrni motion tweening animatsiyalashtirilsa harakatlanish efekti yanada chiroyli bo`ladi. Flashdagi animatsiya multi - rolikda ishlatiladigan obyektlarning xossalarini o`zgartirishga asoslangan. Masalan, obyektlar yo`qolishi yoki naydo bo`lishi, joylashuvini, ko`rinishini, rangi va boshqalarni o`zgartirishi mumkin. Flashda obyektlarni animatsiyalashni uchta turli usuli ko`zda tutilgan: kadrma-kadr («klassik») animatsiya, bu usulda muallif bo`lgusi «multi - rolik»ni har bir kadrini o`zi yaratadi yoki boshqa joydan qabul qiladi va namoyish ketma- ketligini o`zi o`rnatadi; avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif multi – rolik kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oraliq kadrlarni esa Flash avtomatik tarzda o`zi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi mavjud: obyektni ko`chirishga asoslangan animatsiya (motion animation) va obyektni transformatsiya (ko`rinishini o`zgartirish)siga asoslangan animatsiya (shape animation); senariyga asoslangan animatsiya; senariy - Flashning dasturlash tilida (bu til Actionscript deb nomlanadi) obyektni hatti- harakatini berilishidir. Bu tilni sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa senariy tillariga (masalan, JavaScript va VBScript) o`xshab ketadi. Ushbu usullarning har birining o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. Masalan, tweened-animatsiya ikki afzallikga ega: birinchidan, muallif har bir kadrni alohida yaratish zaruratidan qutulgan; ikkinchidan, bunday multi – rolikni namoyish etish uchun Flashga faqat birinchi va so`nggi kadrni saqlash kifoya, bu esa uz navbatida bunday rolikni hajmini kam bo`lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tweened- animatsiyani faqat obyekt xossalari bir tekisda o`zgaradigan sodda roliklar yaratish uchun ishlatsa bo`ladi. Actionscript sahnalarda obyektni juda ham murakkab bo`lgan hatti- harakatini ifodalashi mumkin. Lekin buning uchun Actionscript tilini o`rganish kerak bo`ladi.


Yüklə 267,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin