112
5.4. Bir omilli iqtisodiy rivojlanishning mohiyati
Iqtisodiy o‗sishni ko‗pchilik modellariga kam omilli konsepsiyasi xarakterlidir.
Iqtisodiy o‗sish modellari odatda ikki omilli yoki ayrim hollarda bir omilli bo‗ladi.
Iqtisodiy o‗sish nuqtai nazarida mehnatning
nafaqat miqdori balki, sifati ham katta
ahamiyatga ega bo‗ladi. Mehnat sifati, ya‘ni
uning murakkabligi uni
bajaruvchilarning bilim darajalari, amaliy tajribalari,
murakkab operatsiyalarni
bajarish qobiliyatlari, chaqqonligi kabi ko‗rsatkichlar bilan baholanadi.
Empirik modellarga omil sifatida kiruvchi mehnat inson faoliyatning faqat
miqdoriy ko‗rsatkichini ifodalovchi tor ma‘nodagi tushunchadir. Bunday modellarda
mehnat hajmi ko‗p hollarda bajarilgan ish soatlari yoki ishlab chiqarishda band
bo‗lgan odamlar soni bilan belgilanadi.
Ayrim hollarda mehnat sifatini aniqlashga harakatlar bo‗lgan edi.
Bunda
mehnat sifatini aholining bilim darajasi, mehnatkashlarning yoshi va jinsi kabi
ko‗rsatkichlar bian izohlangan.
Yuqorida
qayd qilganimizdek, kam omilli modellarda mehnat va asosiy
fondlardan tashqari ayrim hollarda boshqa omillardan ham foydalanishimiz mumkin.
Bu omillar o‗z ma‘nolarini bo‗yicha uch guruhga bo‗linadi.
Birinchi guruh ishlab chiqarish resurslarining turlari, masalan ekin maydonlari
va yer osti qazilma boyliklaridir.
Ikkinchi guruh mehnat va asosiy fondlarning sifat xususiyatlari hisoblanadi.
Uchinchi guruh omillari ishlab chiqarish shart-sharoitlarini ifodalovchi
xususiyatlardir. Masalan, ishlab chiqarishni
tashkil qilinish darajasi, ishlab
chiqarishning institutsional shakllarining miqdor va sifat xususiyatlari,
tashqi savdo
aloqalari omillarning birinchi yoki uchinchi guruhlariga taalluqli bo‗ladi.
Mehnatning har bir aniq shakli har xil murakkablik darajasida namoyon
bo‗ladi. Sarf qilingan mehnatlarning murakkablik darajasini o‗lchash, aniqlash
imkoniyati
mavjud emas, ularning har birining sifat o‗zgarishini alohida taxminiy
baholash mumkin. Bu sifat o‗zgarishlarini ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichlar ishchilar
113
tarkibi malakasi va uning o‗zgarishi, har xil kasbiy tayorgarliklarini va
malakalarini
talab kiluvchi mehnat turlari o‗rtasidagi nisbatlar bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: