126
chiqarilgan mahsulot hisoblanadi. Shu munosabat bilan YaMM tushunchasi ma‘lum
darajada izoh talab qiladi.
Birinchidan, YaMM yillik ishlab chiqarishning bozor qiymati orqali o‗lchanadi
va pulda ifodalanuvchi ko‗rsatkich hisoblanadi. Turli yillarda ishlab chiqarilgan har
xil mahsulotlar miqdorini solishtirish uchun ularning nisbiy qiymatini bilish lozim.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish hajmini to‗g‗ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab
chiqarilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi bir marta hisobga olinish kerak.
Ko‗pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta
ishlab chiqarish bosqichini
o‗taydi. Shu sababli YaMMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‗p marta hisobga
olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq
mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.
Pirovard mahsulot iste‘mol uchun sotib olinadigan tugal mahsulot (tovar va
xizmat) lardir.
Oraliq mahsulot deganda, qayta ishlash yoki sotish uchun sotib olingan tovar va
xizmatlar tushuniladi. YaMMda mahsulotlarning yakuniy sotish qiymati hisobga olinadi,
oraliq qiymat esa hisobga olinmaydi. Chunki, oraliq
qiymat hisobga olinsa ayrim
mahsulotlar qiymati ko‗p marta hisobga olingan bo‗lar edi. Milliy daromadni
hisoblashda ikki yoqlama hisobga olmaslik uchun, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni har
tomonlama o‗rganib chiqish va faqat, har bir firmada yaratilgan qo‗shilgan
qiymatni
hisobga olish zarur. Qo‗shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosidan ularni
ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyo va materiallar qiymati ayirib tashlanib
topiladi.
Uchinchidan, YaMMga noishlab chiqarish bitimlari bo‗yicha
tushumlar
qo‗shilmaydi. Noishlab chiqarish bitimlariga sof moliyaviy bitimlar va ishlatilgan
tovarlarni sotish kiradi.
Davlat byudjetidan transfert to‗lovlariga ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha to‗lovlar,
ishsizlarga va nafaqaxo‗rlarga, nogironlarga va kam daromadli oilalarga beriladigan
nafaqalar, talabalarga stipendiyalar kiradi. Davlat transfert to‗lovlarining asosiy
xususiyati shundaki, nafaqaxo‗rlar nafaqa evaziga davlatga hech narsa bermaydi.
127
Xususiy transfert to‗lovlariga masalan, talabalarga ota-onasi beradigan pul va
qarindosh urug‗lari beradigan bir martalik to‗lovlar kiradi.
Sotilgan qimmatli qog‗ozlar (aktsiya va obligatsiyalar) va ishlatilgan tovarlarni
sotish ham
YaMM tarkibiga kiritilmaydi, chunki, bunday tovarlarni sotish joriy
ishlab chiqirashni bildirmaydi (3-jadval).
3-jadval.
YaMM ikki xil usulda - ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari bo‗yicha
aniqlash
Dostları ilə paylaş: