129
- birinchidan, iste‘mol qilingan kapital hajmi (
CCA
) yoki amortizatsiya, ya‘ni,
joriy yildagi YaMMni ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol
qilingan investitsiya
tovarlarini sotib olishga mo‗ljallangan ajratmalar bo‗yicha ko‗rsatkichlardan;
- ikkinchidan, biznesga egri soliqlar (
T
) - mahsulot bahosini oshiruvchi, ishlab
chiqarishga bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar, hisoblanadi. Jumladan,
sotishdan
olinadigan soliq, aktsizlar, mulkka soliqlar, litsenziya to‗lovlari
va bojxona bojlari
bo‗yicha ko‗rsatkichlar;
- uchinchidan, yollanma ishchilarning ish haqlari (
W
), ya‘ni xususiy va davlat
kompaniyalarining ish haqi to‗lashga sarflagan umumiy xarajatlari (ish haqi va
quyidagi qo‗shimchalar: ijtimoiy sug‗urta, nafaqa, bandlik va boshqa ijtimoiy
fondlarga ajratmalar hamda badallar) bojlari bo‗yicha ko‗rsatkichlar;
- to‗rtinchidan, ijara haqi (
R
1), xususan, bu iqtisodiyotni mulk resurslari bilan
ta‘minlovchi uy xo‗jaliklarining daromadlari (masalan,
ijaraga berilgan turarjoylar,
binolar, asbob-uskunalar, yer va boshqalardan olinadigan daromadlar) bo‗yicha
ko‗rsatkichlar;
- beshinchidan, foiz stavkalari yoki foizli daromadlar (
R
)
-
pul
kapitalini
yetkazib beruvchilarga xususiy biznes daromadidan pul to‗lovlari bo‗yicha
ko‗rsatkichlar;
- oltinchidan, mulkdan keladigan daromad yoki foyda (
P
),
mulk egalarining
daromadlari va korporatsiyalar olgan foyda ko‗rsatkichlaridan.
Korporatsiyalarning foydasi quyidagilarga bo‗linadi;
a) olgan foydaga soliq yoki foyda solig‗i;
b) hissadorlar o‗rtasida taqsimlanadigan dividendlar;
v) taqsimlanmagan foyda.
Mamlakat milliy hisobchilik tizimida, YaMM ko‗rsatkichidan tashqari, o‗zaro
aloqada bo‗lgan bir nechta ko‗rsatkichlar mavjud.
Milliy hisobchilik tizimi
to‗g‗risidagi tushunchalarni kengaytirish uchun aynan shu ko‗rsatkichlarning tashkil
topish manbalarini o‗rganamiz. Bu ko‗rsatkichlar sirasiga YaIM, SMM, MD,
ixtiyordagi daromad va soliqlar to‗langandan keyingi daromadlarni ifodalovchi
ko‗rsatkichlarni kiritishmiz mumkin.
130
YaIM ham YaMM kabi moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar natijasida tashkil
topadi.
YaIM - bu biror mamlakat hududida joylashgan korxona va tashkilotda ma‘lum
muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovar va ko‗rsatilgan
xizmatlarning
umumiy yig‗indisidan iborat. YaIM YaMMdan muayyan mamlakat yuridik va
jismoniy shaxslarining xorijdan oladigan foyda va daromadlari hamda xorijiy
investorlar shu mamlakatda olgan foyda va daromad o‗rtasidagi farqlar bo‗yicha
ajralib turadi. Ya‘ni:
Dostları ilə paylaş: