124
2-jadvalda ko‗rsatilgan.
Makroiqtisodiy tahlil usullari va modellarning
tasnifi ularning funksional
vazifalariga qarab ham bajarilishi mumkin. Masalan, mamlakat iqtisodiyotidagi
makroiqtisodiy jarayonlarni o‗rganishda rivojlanishning umumiy tendensiyalari va
qonuniyatlarini ifodalovchi modellarni, makroiqtisodiy indikatorlarni, tahlil va
prognoz
qilish modellari, ichki va tashqi ―turtkilarni‖ (shoklar) aks ettiruvchi,
ularning iqtisodiyotning real sektorlariga ta‘sirini baholovchi modellarni alohida
ajratish kerak.
Bulardan tashqari, ba‘zi amaliy masalalarni yechishda umumiyroq tarzdagi
modellar bilan birga,
xususiy amaliy modellarni, jumladan, Milliy hisoblar tizimi
(MHT)ga, boshqa ma‘lumotlarga asoslangan ekonometrik modellarni ham qo‗llash
mumkin va muhimdir.
Shuningdek, jami talab (
Q
D
) va taklif (
Q
S
) muvozanati dinamikasi modellarini,
jami talabning asosiy tarkibiy qismlari: iste‘molga sarflar (
C
), investitsion sarflar (
I
),
davlat sarflari (
G
) modellari, jami taklif funksiyasi sifatida qarash mumkin bo‗lgan
ishlab chiqarish funksiyalarini (IChF), tovarlar, xizmatlar, kapital, mehnat, pul,
valyuta bozorlarining umumiy
muvozanati modellarini ham, qisqa muddatli
prognozlar uchun ishlatish mumkin.
Konkret raqamlarga asoslangan katta makroekonometrik modellar biror
mamlakat yoki jahon iqtisodiyotini ifodalovchi, yuzlab ko‗rsatkichlar orasidagi
bog‗lanishlarni aks ettiruvchi modellardir. Bularni amalda tuzish uchun ko‗p
mutaxassislar ishtiroki, ko‗plab ma‘lumotlar va kompyuterlar kerak bo‗ladi. Ular,
endogen (ekzogen) o‗zgaruvchilarning konkret qiymatlariga ekzogen (endogen)
o‗zgaruvchilarning qaysi qiymatlari mos kelishini ko‗rsatadi. Shuningdek, kichik
o‗lchamli makroekonometrik modellarning ham o‗z o‗rni bor.
Iqtisodiy rivojlanishning yana bir tur modellarida vaqt lagi (vaqt bo‗yicha
kechikib bo‗ladigan ta‘sirlar) ham ko‗rib chiqiladi.
Iqtisodiy
o‗sishga
ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning
(ITT)
ta‘sirini
makromodellarda e‘tiborga olishning ikki asosiy varianti bor: avtonom (ekzogen)
ITTlik modellar va endogen ITTlik modellar. Bu modellar – mamlakat, hudud va
125
katta korxonalar uchun ishlab chiqarishning uzoq muddat davomida fan va texnika
yutuqlarini qo‗llab o‗sishini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: