Miqdoriy xarakteristikaga
ega omillar
Sifat omillari
Shartli (ballarda)
baholanadigan omillar
Asosiy (birinchi darajali)
omillar
Ikkinchi darajali omillar
Tasodifiy omillar
Bevosita kuzatiladigan
(o‗lchanadigan) omillar
Bevosita kuzatilmaydigan
(o‗lchanmaydigan) omillar
Murakkab (kompleks) omillar
Oddiy (birlamchi) omillar
Ichki omillar
Tashqi omillar
Juda chuqur yashirin (yuqori
tartibli) omillar
Yashirin (2-tartibli latent)
omillar
Yuzaki ko‗zga tashlanadigan
(1-tartibli) omillar
Rostlanuvchi (boshqariluvchi)
omillar
Qisman rostlanuvchi omillar Tartibga solinmaydigan
omillar
Qisqa muddatli
O‗rta muddatli
Uzoq muddatli ta‘sirlar
Talab tomon omillari
Taklif tomon omillari
Iqtisodiy rivojlanishni bevosita
tezlashtiruvchi omillar
Iqtisodiy rivojlanishga
bilvosita ijobiy ta‘sir
etuvchi omillar
Iqtisodiy rivojlanishni
sekinlashtiruvchi omillar
(unga tahdidlar va xavflar)
Intensiv omillar
Ekstensiv omillar
Sintetik omillar
Iqtisodiy-ijtimoiy
Ilmiy-texnikaviy
Ma‘naviy, ruhiy, axloqiy,
siyosiy, ekologik, tabiiy-
geografik tarzdagi va hokazo.
Barqaror iqtisodiy rivojlanishning va makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy
mezonlari quyidagilardan iborat:
- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM), milliy daromad (MD) ning
qator yillar davomida o‗sishi (YaIM, MD o‗sishi aholi o‗sishidan yuqoriligi);
- aholi real daromadlarining o‗sishi;
- aholi daromadlarida jamg‗armalar ulushining ortishi;
- inflyatsiya darajasining tabiiy minimumi;
- ishsizlik darajasining tabiiy minimumi;
- davlat byudjeti kamomadi minimumi;
- joriy to‗lov hisobi balansi kamomadi;
- tashqi va ichki qarzlar (barqarorlikka xavfsiz chegaradan oshmasligi);
- samaradorlik ko‗rsatkichlarining yaxshilanishi (xususan, YaIMda energiya
sig‗imi ko‗rsatkichining kamayishi; sanoat mahsulotlari material sig‗imining
119
kamayishi; qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hosildorligining oshishi; mehnat
unumdorligining o‗sishi; ishlab chiqarish rentabelligining oshishi; eksport tarkibida
tayyor mahsulotlar ulushining oshishi).
Bular orasidan eng asosiysi, ya‘ni eng asosiy makromaqsad: ishsizlik va
inflyatsiyaning tabiiy minimumida maksimal iqtisodiy rivojlanishga (aholi turmush
darajasining maksimumiga) erishishdir. Albatta, qolganlari ham, muhim, o‗ta zaruriy
shartlardir. Shunday ekan, aynan ushbu makromaqsad bilan, shunday barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy o‗sish bilan bog‗liq muammolar va ko‗rsatkichlar asosiy
hisoblanishi va aynan shularni o‗rganish, shularga e‘tiborni qaratish muhimdir.
Ma‘lumki, BMT tomonidan iqtisodiy o‗sishning va turmush darajasining
asosiy indikatori sifatida jon boshiga yalpi mahsulot (YaIM) yoki milliy daromad
ko‗rsatkichi tavsiya etilgan. YaIMning o‗sishi to‗g‗ridan-to‗g‗ri aholining turmush
darajasiga ta‘sir qiladi. YaIMning o‗sish sur‘ati (
dQ
/
Q
) aholining o‗sish sur‘atidan
(
dL
/
L
) qancha yuqori bo‗lsa, uning turmush darajasi ham shuncha yuqori darajada
o‗sadi. Demak, bularni, iqtisodiy aksioma sifatida qabul qilib, sanalgan va quyida
yana aniqlanadigan mezon va ko‗rsatkichlarni ham e‘tiborga olishimiz zarur. Boshqa
tomondan, YaIMning o‗sishi, o‗sib borayotgan aholini ish bilan ta‘minlashda ham
muhimdir. Shuning uchun ham, har bir mamlakatda davlat organlari iqtisodiy
o‗sishga o‗z e‘tiborini qaratadi va u davlatning iqtisodiy siyosatida muhim o‗rin
tutadi.
Iqtisodiy rivojlanishning birlamchi manbasi
- bu mamlakatdagi ishlab chiqarish
omillari va resurslarning miqdori hamda sifatidir.
Asosiy ishlab chiqarish omillari quyidagilardan iborat:
- kapital - binolar, inshootlar, jihozlar, uskunalar, texnologik liniyalar va h.k.;
- mehnat - malakali va malakasiz mehnat, boshqaruv mehnati; hozirgi sharoitda
tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‗lgan o‗ziga xos mehnat resurslarini ham alohida
ajratish muhim;
- axborotlar - ayniqsa, bozor segmentlari va talab bo‗yicha, tovarlarning
narxlari bo‗yicha axborotlar, xomashyo, uning sifati, miqdori, yangi texnologiyalar,
yangi uskuna-jihozlar va yangi mahsulotlar to‗g‗risidagi axborotlar rivojlanish uchun
120
muhimdir; hozirgi sharoitda har qanday iqtisodiy faoliyatni kerakli axborotlarsiz va
bilimlarsiz tasavvur qilish qiyin;
- materiallar - xomashyo, elektr energiyasi, gaz, butlovchi qismlar va
yarimfabrikatlar. Xomashyo manbasining yetarli darajada bo‗lishi, ishlab
chiqarishning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi.
Iqtisodiy rivojlanishning yana bir muhim manbasi va omili - ilmiy-texnik
taraqqiyot (ITT) dir. ITTning asosiy ko‗rsatkichlari - bir yil davomida yaratilgan
yangi jihozlar, uskunalar, texnologiyalar soni va ularni ishlab chiqarishga joriy
qilinishi, yangi kashfiyotlar bo‗yicha patentlar, ratsionalizatorlik takliflari soni, har
ming kishiga to‗g‗ri keladigan mutaxassislar soni (ayniqsa, zamonaviy yo‗nalishdagi
oliy ma‘lumotli mutaxassislar, fan nomzodlari, fan doktorlari, akademiklar soni).
Iqtisodiy rivojlanishning yana bir manbai - bu ishlab chiqarishni tashkil
etishning yuqori samarali shakllari, xususan, ichki va tashqi ixtisoslashuv,
kooperatsiya va kombinatsiyalashdir.
Iqtisodiy o‗sishning asosiy ko‗rsatkichlari, manbalari va omillarini o‗rganish,
ularning ishlab chiqarishning o‗sishiga ta‘sirini miqdoriy tahlil etish, ulardan yanada
samarali foydalanish imkoniyatlarini ochishga yordam beradi. Iqtisodiy rivojlanishni
o‗rganishda va omillar ta‘sirini miqdoriy baholashda ishlab chiqarish funksiyasidan
(IChF) foydalanish maqsadga muvofiq. Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab
chiqarishga jalb qilingan asosiy ishlab chiqarish omillari (taklif tomon omillari) va
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‗rtasidagi miqdoriy bog‗lanishni aks ettiradi.
Iqtisodiy rivojlanishga yangi yondashuvlardan biri investitsiyalarga va ularning
tashqi samarasiga asoslanadi. Investitsiyalar - nafaqat mehnatning, balki kapitalning
ham samaradorligini oshiradi va ―tashqi ijobiy ta‘sirlarga‖ ega. Investitsiyalarning bu
―tashqi samarasi‖ ko‗pincha bevosita baholanmaydi, shuning uchun kapitalning
iqtisodiy o‗sishga qo‗shgan ―hissasi‖ odatda kamroq baholanadi. Ayniqsa, inson
omiliga investitsiyalar o‗ta muhimdir.
Jahonda va O‗zbekistonda oxirgi yillarda iqtisodiy rivojlanishga bo‗lgan
munosabatda kuzatilayotgan ba‘zi yangi tendensiyalarni ko‗rib o‗tamiz. Keyingi
paytlarda an‘anaviy miqdoriy iqtisodiy o‗sish nazariyalaridan inson salohiyotining
121
barqaror rivojlanish konsepsiyasiga o‗tish kuzatilmoqda.
―Inson salohiyoti taraqqiyoti indeksi‖ (ISTI) - nafaqat moddiy farovonlikning
oshishi, balki ta‘lim, sog‗likni saqlash, atrof-muhit muhofazasi kabi omillar bilan
ham bog‗liq. Ushbu indeks e‘tiborga oladigan va baholaydigan asosiy ko‗rsatkichlar:
aholi jon boshiga real YaIM, o‗rtacha kutiladigan umr va ma‘lumot darajasidir.
ISTI quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi:
3
.
.
i
р
и
I
I
,
(1)
bu yerda,
I
i.r.
- inson salohiyati rivojlanish indeksi;
I
1
- umr uzoqligi indeksi;
I
2
- ma‘lumot darajasi indeksi;
I
3
- aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan haqiqiy YaIM indeksi.
Umr uzoqligi va ma‘lumot indeksi quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi;
min
max
min
2
,
1
i
i
i
хак
i
x
x
x
x
I
,
(2)
bu yerda:
x
iҳақ
,
x
imin
,
x
imax
- mos ravishda ko‗rsatkichning haqiqiy, minimal va
maksimal qiymatlari.
Aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan yalpi ichki mahsulot indeksi quyidagi
formula bilan hisoblanadi:
min
3
max
3
min
3
3
3
log
log
log
log
x
x
x
x
I
хак
(3)
ISTI indeksi 0 va 1 oralig‗ida o‗zgaradi. ISTI qanchalik yuqori bo‗lsa, inson
salohiyati rivojlanishi ham shunchalik yuqori bo‗ladi.
Iqtisodiy jihatdan an‘anaviy muammoning: mehnat unumdorligiga inson
sifatlari va xarakteristikalarining ta‘siri muammosining ham roli behad ahamiyatlidir,
chunki ―mehnat potensialining‖ muhim komponenti - aholining ma‘lumot va ta‘lim
olish darajasidir.
Dostları ilə paylaş: |