122
6.2. Iqtisodiy rivojlanishni aks ettiruvchi asosiy modellar
Barcha rivojlangan mamlakatlarda matematik
va instrumental usullar va
modellar, ham amaliy masalalarni yechishda, ham ijtimoiy-iqtisodiy
hodisalarni
nazariy o‗rganishda ishlatiladi. Yangi kompyuterlar va axborot texnologiyalarning
takomillashib borishi jarayonida makroiqtisodiy ustuvor
masalalarni yechishda bu
usullar va modellarning roli yanada oshib boradi. Xususan, dinamik tarmoqlararo
balanslar (DTAB) modellarini boshqa modellar bilan birgalikda qo‗llash,
tashqi
aloqalarni e‘tiborga olish, zarurligi yuqorida eslatilgan tizimli va situativ
yondashuvlar yanada dolzarb bo‗lib boradi. Jahon
miqyosidagi globallashuv va
integratsiya jarayoni shuni taqozo qiladi.
Nazariy jihatdan ham makroiqtisodiy tahlil va prognozning turli bosqichlari,
darajalari va muddatlari bo‗yicha bu modellarni tartiblash va tasniflash talab qilinadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta‘sir etuvchi asosiy omillarni o‗zida
aks ettirish
imkonini beruvchi makromodellarning asosiy turlari va tasnifi quyidagi 2-jadvalda
keltirilgan.
2-jadval
Makroiqtisodiy modellarning tasnifi
№
Tasniflash alomatlari
Makroiqtisodiy modellarning asosiy turlari
1
Ilmiy-metodologik asos
Neoklassik, keynscha, monetar, endogen o‗sish nazariyalari
2
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
turlari
Rivojlangan industrial va rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyoti, o‗tish davri iqtisodiyoti makromodellari; abstrakt
makromodellar
3
Makroiqtisodiy maqsad,
dasturiy vazifa
Nazariy tahlil, prognoz, milliy
iqtisodiyotni rostlash va
moliyaviy dasturlash;
kontseptual-nazariy, konstruktiv va
amaliy (davlat
organlari, vazirliklar tomonidan ishlatiladigan
va ishlatilmaydigan); empirik, grafik (illyustrativ)
va analitik
modellar
4
Asosiy problematika
Iqtisodiy
muvozanat
(shartlari),
muvozanatli
o‗sish,
balanslangan o‗sish (shartlari), magistral traektoriya bo‗yicha
rivojlanish va optimal iqtisodiy o‗sish (optimallik shartlari)