117
VI bob. IQTISODIY RIVOJLANISH OMILLARI
6.1. Iqtisodiy rivojlanish omillari tasnifi.
6.2. Iqtisodiy rivojlanishni aks ettiruvchi asosiy modellar.
6.3. Iqtisodiy rivojlanishning asosiy indikatorlari.
6.4. Iqtisodiy o„sish va rivojlanish tahlilining ekonometrik modellari.
6.5. Iqtisodiy o„sishni ta‟minlashda intellektual iqtisodiyotni shakllantirish.
6.1. Iqtisodiy rivojlanish omillari tasnifi
Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya
sharoitida iqtisodiy
rivojlanishning asosiy omillarini ekonometrik usullar va kompyuter texnologiyalari
yordamida o‗rganish, tadqiq qilish va ularni ilmiy asosda miqdoriy baholash zarur
hisoblanadi. Umuman, bular, nafaqat butun iqtisodiyotning
rivojlanishini tartibga
solishda, balki tarmoqlar, birlashmalar va korxonalar rivojlanish ko‗rsatkichlarining
tahlilida, ular uchun uzoq muddatli prognozlar tuzishda ham e‘tiborga olinishi
mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillarini, talab va taklif tomon omillari, kabi
guruhlash asosiysidir. Umuman, talab va taklif omillari o‗zaro bog‗liqdir. Jami talab
oshsa va qo‗shimcha resurslardan samarali foydalaniladigan bo‗lsa,
ishlab chiqarish
potensialining, taklifning oshishi kuzatiladi. Jami talab miqdori, uning o‗zgarishlari
va taqsimlash va iste‘mol mexanizmining takomillashishi eng muhim omildir,
lekin
bu qanchalik muhim bo‗lmasin, uzoq muddat qaralganda, iqtisodiy o‗sish natijalari,
taklif va ishlab chiqarish tomondagi omillar (xususan,
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot,
inson salohiyati omili, intensiv omillar, 1-jadval) bilan belgilanadi.
Shuningdek,
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, xususan, boshqaruv qobiliyatining,
umummilliy
ma‘naviy-ruhiy muhitning ham roli beqiyosdir.
Milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ifodalovchi mezon va
ko‗rsatkichlarni aniq bilish, ularning qaysi omillarga va qanday bog‗liqliqda
ekanligini aniq tasavvur qilish ham o‗ta muhimdir.
Iqtisodiy rivojlanishning
118
barqarorligini, aslida, ijtimoiy-iqtisodiy ko‗rsatkichlardan birginasi emas, ularning
kompleksi bo‗yicha baholash mumkin.
1-jadval
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir etuvchi omillar majmuasi
Dostları ilə paylaş: