O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Ishlab chiqarishdagi sifat o„zgarishlar



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

 
5.3. Ishlab chiqarishdagi sifat o„zgarishlar 
Iqtisodiy o‗sishga ta‘sir qiluvchi va ishlab chiqarishda amal qiladigan kuchlar - 
uning omillari hisoblanadi. O‗sish yuz bermasa iqtisodiyot statik (o‗zgarmas), 
aksincha bo‗lsa, dinamik (rivojlanuvchi) holatda bo‗ladi. Iqtisodiy dinamikani esa 
ishlab chiqarishni o‗stiruvchi omillar ta‘minlaydi. Eng so‗nggi iqtisodiy o‗sish 
nazariyalariga ko‗ra, omillarning asosiylari: tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 
mehnat resurslarining miqdori va sifati; ishlab chiqarishdagi asosiy kapital (fond) 


108 
miqdori va tarkibi; ishlab chiqarishning texnologiya darajasi. Bu ishlab chiqarish 
omillarining hajmi va sifatini bildiradi, iqtisodiy o‗sish imkoniyatlarini anglatadi.
Iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashning quyidagi yo‗llari mavjud: 
- ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; 
- fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning 
texnik-iqtisodiy darajasini ko‗tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini 
qisqartirish; 
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatsiyalash va 
hududiy joylashtirish darajasini oshirish; 
- boshqarishning strukturasi, moliyalash, baholash va kreditlash hamda 
rag‗batlantirish tizimini takomillashtirish;
- inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va 
tashabbusini oshirishni yo‗lga qo‗yish;
- investitsiyalarni keng jalb qilish. 
Iqtisodiy o‗sishini ta‘minlashning hal qiluvchi yo‗llaridan yana biri - fan-
texnika taraqqiyotini jadallashtirish orqali innovatsiyalarni joriy qilishdir.
Innovatsiyalar qo‗llash xususiyatlariga ko‗ra ikkita guruhga ajratiladi:
- yangi mahsulotlarni, buyumlar, moddalar, yarimfabrikatlar, butlovchi 
qismlarni qo‗llashni yangi yoki mukammallashtirilgan mahsulotlarni yaratishni 
qamrab olgan mahsulot ko‗rinishidagi innovatsiyalar; 
- ishlab chiqarishni tashkil qilish yangi usullarni, yangi jarayonlarni, yangi 
texnologiyalarni va ular bilan bog‗langan yangi jihozlar va asbob-uskunalarni qamrab 
olgan jarayon ko‗rinishidagi innovatsiyalar. 
Innovatsiyalarni quyidagi turlarini ajratiladi:
1. Yangiligiga ko‗ra: 
- yirik ixtirolarni amalga oshiradigan va texnikani yangi bo‗g‗inlarini va 
rivojlanish yo‗nalishlarini shakllantirilishga asos bo‗ladigan bazis innovatsiyalar; 
odatda mayda va o‗rta ixtirolarni amalga oshiradigan va ilmiy-texnik rivojlanish 
davrni tarqalish va barqaror bosqichlarida ustunlik qiladigan yaxshilaydigan 


109 
innovatsiyalar; eskirgan texnika va texnologiya bo‗g‗inlarini qisman yaxshilanishiga 
qaratilgan soxta innovatsiyalar. 
2. Qo‗llanish xususiyatlariga ko‗ra:
- yangi mahsulotlarni ishlab chikarishga va ishlatishga yo‗naltirilgan mahsulot 
innovatsiyalari; yangi texnologiyani yaratishga va tatbiq qilishga qaratilgan 
texnologik innovatsiyalar;
- yangi tuzilmalarni qurish va harakatlantirishga moslangan ijtimoiy bir necha 
o‗zgarishlarni 
ifodalaydigan 
kompleks 
innovatsiyalar; 
yangi 
bozorlarda 
mahsulotlarga bo‗lgan ehtiyojlarni qondiradigan bozor innovatsiyalari.
3. Kelib chiqish sababi va manbasi bo‗yicha:
- fan va texnika rivojlanishidan kelib chiqqan innovatsiyalar; 
- ishlab chiqarishning ehtiyojlarlaridan kelib chiqqan innovatsiyalar;
- bozor ehtiyojlarlaridan kelib chiqqan innovatsiyalar.
4. Qayta ishlab chiqarish jarayonidagi ahamiyatiga ko‗ra: 
- iste‘mol innovatsiyalar; investitsion innovatsiyalar. 
5. Innovatsiyani masshtabi bo‗yicha: 
- murakkab (sintetik) innovatsiyalar;
- sodda innovatsiyalar. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlari inovatsiyalarning joriy qilinishi 
bilan birga yuz beradi. Modernizatsiya yangilash, zamonaviylashtirish ma‘nolarini 
bildirsa, innovatsiya yangiliklarni joriy qilish degan ma‘noni bildiradi. Innovatsiya 
jarayonlari modernizatsiyaning ichida ketadi. Agar modernizatsiyalashni strategiya 
deb olsak, innovatsiya jarayonlarini strategiyani amalga oshirish borasidagi taktik 
faoliyat desa bo‗ladi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilinishida innovatsion jarayonlarning asosan 
uchta yo‗nalishi muhim hisoblanadi: 
1. Xorijiy texnika-texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy qilinishi. 
2. Mamlakatning ilm-fan slohiyati, ilm fan yutuqlarini, yangiliklarni ishlab 
chiqarishga joriy qilish, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining o‗zaro 
hamkorligi. 


110 
3. Ishchi kuchining sifat darajasining yuqori bo‗lishi, tayyorlanayotgan 
kadrlarning bilim darajasi va ularning yangilikka intilishi, yangi texnika va 
texnologiyalarni o‗zlashtirish ko‗nikma va qobiliyatlarining shakllantirilganligi. 
O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlatning 
ilmiy-texnologik taraqqiyot sohasida innovatsiya va investitsiya faoliyati uchun zarur 
iqtisodiy imkoniyatlar yaratish o‗z tarkibiga soliq, moliya, kredit va bojxona siyosati 
kabilarni qamrab oluvchi bilvosita tartibga solishni amalga oshirish davlatning asosiy 
vazifalaridan sanaladi. Demak, davlat innovatsiya jarayonlarini bugungi kunda aynan 
ular mamlakat taraqqiyoti istiqbolini belgilaganligi tufayli ham tartibga solishi lozim. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta‘kidlash mumkinki, davlat innovatsiya 
siyosati 3 asosiy yo‗nalishga ajratiladi: 
- innovatsiya faoliyatini faollashtirishni ta‘minlash. U o‗z navbatida 
quyidagilarga bo‗linadi: fundamental tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlash, mamlakatda 
korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan tijorat innovatsiyalari uchun zarur 
iqtisodiy-ijtimoiy muhitni yaratish; 
- ta‘lim, ma‘naviyat, ekologiya, ijtimoiy himoya, mudofaa kabi sohalarda 
davlat mas‘uliyati talablariga javob beruvchi innovatsiyalarni yaratish va tarqatish 
borasidagi maqsadli dasturlar bo‗yicha davlat buyurtmalarini moliyalashtirish; 
- alohida korxonalar uchun manfaatdor, ammo zarur darajada yuqori daromad 
keltirmaydigan ishlanmalar va yangiliklarni qo‗llab-quvvatlash va tanlab 
rag‗batlantirishni amalga oshirish. 
Yuqorida berilgan yo‗nalishlarni birinchisi, umuman, milliy korxonalar 
raqobatbardoshligini qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan, jumladan, korxonalarda ishchi 
o‗rinlarini saqlash va yaratish bo‗lib, mazkur maqsadlar uchun soliq to‗lovchilar 
hisobidan tushuvchi mablag‗lar sarflanadi. 
Ikkinchi yo‗nalish ta‘minotchilar va individual iste‘molchilar o‗rtasida bevosita 
ikki tomonlama kelishuvlar asosida o‗zlashtirilishi yoki sotilishi mumkin bo‗lmagan 
iste‘mol bozoriga xizmat ko‗rsatadi. 
Uchinchi yo‗nalish ikkinchi yo‗nalish bilan munosabatga ega, ammo uncha 
kuchli bo‗lmagan oraliq hodisalar uchun mos bo‗lib, ularning tashqi ijtimoiy 


111 
samaralari o‗z o‗rniga ega va davlatning notijorat mezonlari u yoki bu 
innovatsiyalarga nisbatan qo‗llaniladi. 
Ilg‗or innovatsiyalarning kichik foizlarni tashkil etishi, bunda ilg‗or 
innovatsiyalar nafaqat o‗zi uchun, shuningdek, samarasiz g‗oyalar uchun sarflarni 
kompensatsiyalaydi. 
1.
An‘anaviy ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi korxonalar 
moliyaviy ko‗rsatkichlari yomonlashuvining oldini olish uchun alohida byudjet zarurati. 
2.
An‘anaviy faoliyatdan farq qiluvchi innovatsiya faoliyatini baholash 
mezonlarining qo‗llanishi. Masalan ―foydaning yillik o‗sishi‖ mezonini har doim 
ham qo‗llab bo‗lmaydi, chunki innovatsiya mahsuloti yaqin istiqbol uch-to‗rt yilda 
hech qanday foyda bermasdan, shundan so‗ng foyda keskin ko‗tarilib ketishi 
mumkin. 
3.
Barcha eskirgan vositalardan tizimli ravishda voz kechish, bu esa o‗z 
navbatida resurslarni yangi ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun ozod etish 
imkonini beradi. 
4.
Natijalardan resurslar sarfiga investitsiyalarga qarab uzviy aloqaning 
yo‗qligi. 
5.
Aniq oraliq natijalar bermaydigan innovatsiyaga mablag‗ sarflashning oldini 
olish maqsadida ishni to‗xtatish mumkin bo‗lgan muddatni to‗g‗ri tanlash. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlash o‗z-o‗zidan mamlakatimizda tovarlar ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan barcha turdagi iqtisodiy resurslarni oqilona ishlatishda asos bo‗ladi. 
Bizga ma‘lumki, har qanday mamlakat milliy boyligining ortishi, uning 
iqtisodiy o‗sishi, faqat tabiiy resurslar hisobidan emas, balki ishlab chiqarishda 
foydalanilayotgan texnika va texnologiyasining rivojlanganlik darajasiga ham 
bog‗liq. Bu holatni P.Piltser quyidagi formula orqali izohlagan: 
W

R
× 
Tn

bu yerda: 
W
– mamlakatning boyligi, 
R
– tabiiy resurslar, 
T
– texnologiya, 
n
– 
texnika taraqqiyotining texnologiyaga ta‘sir darajasi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin