O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

 
 


67 
3.3. Milliy daromadning intensivlik dinamikasi 
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‗yicha 
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‗rsatkichlardan 
foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo‗llaniladigan 
ko‗rsatkichlardan farqli tarzda, bu ko‗rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha 
subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o‗tkazish, 
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‗jaligida raqobatbardoshlik darajasini aniqlash 
imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), yalpi milliy daromad 
(YaMD), sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), shaxsiy tasarrufdagi 
daromad (ShTD), iste‘mol (I), jamg‗arish (S) ko‗rsatkichlarining hajmi va o‗sish 
sur‘atlari; 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‗sish 
sur‘atlari; 
- resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‗rsatkichlar 
(mehnat unumdorligi, fond qaytimi); 
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, 
inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari; 
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; 
-·aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning 
jamg‗armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. 
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya sur‘ati kabi ko‗rsatkichlar umumiy 
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, 
ShTD, I, S ko‗rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini 
tahlil etishda foydalaniladi. 


68 
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida 
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisoblar tizimi (MHT) tashkil etadi. 
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib 
chiqib, makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslashlarni 
amalga oshirish imkonini beradi. 
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‗rganish, unga tizimli baho berish 
uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha ko‗rsatkichlardan foydalanish zarur, aks holda 
bir tomonlama yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin. 
YaIMni daromadlar bo‗yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish 
jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo‗shilgan qiymatlar 
hisobidan to‗langan dastlabki daromadlar qo‗shib chiqiladi. 
YaMMni daromadlar yig‗indisi ko‗rinishida hisoblashda asosan quyidagi 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi: 

sof bilvosita soliqlar (
Tn
) – bilvosita soliqlar (qo‗shilgan qiymat solig‗i, 
aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o‗rtasidagi farq; 
- yollanma ishchilarning ish haqlari (
W
)
 -
xususiy va davlat kompaniyalarining 
yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to‗lovlarining nominal 
miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib 
to‗lanadigan ijtimoiy sug‗urta ajratmalari; 
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R). 
Nokorporativ korxonalar - kichik hajmdagi, uy xo‗jaliklariga tegishli 
korxonalar bo‗lib, ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari 
o‗zaro qo‗shilib ketgan bo‗ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo‗llashga sabab 
bo‗ladi. 
R
= Korporatsiyalarning sof foydasi (
R
1 ) + nokorporativ korxonalar sof 
daromadlari (
R
2)

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin